Iqtisodiy faoliyat va uning turlari


Download 52.5 Kb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi52.5 Kb.
#221691
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari

Infrastruktura normal tarzda ishlab chiqarish va odamlarning hayot kechirishini

ta’minlovchi sohalardan iborat.

Infrastruktura ishlab chiqarish, sotsial, bozor infrastrukturasidan iborat bo’lib, ishlab

chiqarish infrastrukturasiga yo’llar qurish va uning ekspluatatsiyasi, kanallar, portlar, ko’prik,

aeroport, omborxona, energiya uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqava

tarmoqlari) va boshqalarni qurish va uning xizmat qilishini ta’minlash sohalari kiradi.

Sotsial infrastrukturaga maorif, madaniyat, kadrlar tayyorlash, sog’ni saqlash va

boshqalar kiradi.

Bozor infrastrukturasiga bozorlar, bank, xom ashyo, fond birjalari ... va hokazo kiradi (V

bob).


Infrastruktura barcha ishlab chiqarish va insonlarning hayot kechirish jarayonini bir butun

qilib bog’laydi.

Moddiy ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, nomoddiy sohaning ham

rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, moddiy sohaning rivojlanishi, unda

unumdorlikning o’sishi natijasida bo’sh ish kuchi yuzaga keladi. Bu nomoddiy sohani

qo’shimcha ish kuchi va moddiy resurslar bilan ta’minlash imkonini vujudga keltiradi.

Xozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish sohasida unumdorlik

yuqori bo’lgani tufayli iqtisodiy faol aholining 30-50% i shu sohalarda band.

Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan tovar

ishlab chiqarishda bevosita maqsad mos kelmasligi mumkin. Ya’ni pirovard maqsad iste’mol

qilib, ehtiyojni qondirish bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarini qoplab foyda

olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmay, bozorda

ayirboshlanadi, ya’ni sotiladi.


Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling