Tabiat bilan tanishtirishda zamonaviy usul, metod, vositalari
Download 19.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqG.Abdullayeva Ajiniyoz (3)
Tabiat bilan tanishtirishda zamonaviy usul, metod, vositalari. Abdullayeva Gavhar Ro’zimurod qizi-mustaqil izlanuvchisi Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti Qashqadaryo viloyati |Shaxrisabz shahri E-mail:gavhara92@mail.ru tel: 90-118-25-02 Respublikamiz ta’lim tizimi o'ziga xos jadal rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o'ziga xoslik, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaviyaning mazmunini milliylashtirish, ya’ni o'zimizning juda boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o'z ahamiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo'lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifada ko'rinadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o'zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Yosh avlodning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xaraktemi o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining o'qish, mehnat, o‘yin, muloqotning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismida borishi kerak. Uni pedagog hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. Shunday qilib, tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan aloqa bolalarda go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, tabiatshunoslikni o‘qitish jarayoni faqat o'qituvchinigina emas, balki o'quvchilar faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham o'qitish metodlari va bolalarga o'quv jarayonini tashkil etish shakllarini o‘rgatish, ularning materialni o'zlashtirib olish jarayonini o‘rganishlari bilan birga boradi. «Tabiat bilan tanishtirish» fani yosh avlodni tabiatga to'g'ri munosabatda bo‘lishga o'rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo'riqlash, asrash, ne’matlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarini o‘z qo'llari bilan yaratish va ko‘paytirishga chorlaydi. Bolalarning atrofimizdagi olamni doimo kuzatib borishlariga asoslanib, bolalarda tabiat to'g'risida, o'z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to'g'risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak.Vaholanki, Vatanimizning tabiiy boyliklaridan insonlar o'zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog'liq ekanligini ko'rsatish g'oyat muhimdir. Shu talablarga ko'ra bolalarga: — o'zaro bog'liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to'g'risida aniq bilimlar berish; — odam organizmi va uning salomatligini saqlash to'g'risida ma’lumotlar berish; — ularni tabiatda kuzatishlar o'tkazish uquvi va ko'nikmalari bilan qurollantirish; — tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish; — jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak. Bolalarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehni rivojlanishlariga ta’sir etuvchi ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari hamda ekskursiyalar o'tkazilishi bilimlarning o ‘zlashtirilishiga yordam beradi. Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantiriladi, pedagog tabiat jismlari va voqea-hodisalarining moddiyligini ularing o‘zaro bog‘liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatda sodir bo'ladigan doimiy o‘zgarishlarni xarakterlaydi, estetik tuyg'u, tabiatga muhabbat, uning haqida g‘amxo‘rlik qilish va muhofaza etishga intilish tarbiyalanadi. Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Farobiy, A1- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Beruniyning tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko‘payishiga, daraxtning o‘sishiga o‘rin qolmaydi, — deya ta’kidlagan edi alloma. Beruniyning «Tabiatda dorishunoslik» asarida dorivor o‘simliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy o‘z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari tabiatshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. «Boburnoma» O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonning tabiiy geografik joylashishi, o'simliklar va hayvonot dunyosi haqidagi biografik asar hamdir. Asarda Bobur har bir joyning xarakterli jihatlari, o'simlik va u yerda tarqalgan hayvonlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli materiallarni bayon etgan. Buyuk olim Abu Ali ibn Sino ham Beruniy kabi tabiiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. Abu Ali ibn Sino dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Mazkur asar 5 ta kitobdan iborat. Uning fikricha, yer asta-sekin o'zgaradi, dengiz va daryolar vaqti kelib o‘z o‘rnini quruqlikka bo'shatadi. Shu tufayli ko‘pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi, chig'anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. Ibn Sino o'simlik, hayvon va odamda o‘xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko'payishi, o'sishi haqida to'xtalib o‘tadi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tabiat fanlarining rivojlanishida buyuk qomusiy olimlaming bajargan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiiyot tarixini o'rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Tabiiyot metodikasi rivojiga mashhur metodist S.A. Pavlovich (1884—1976) katta hissa qo'shdi. Uning ishlari boshlang'ich maktabda tabiiyot darslarini metodik jihatdan to'g'ri tashkil qilishga yordam berdi. S.A. Pavlovichning «Boshlang'ich maktabda tabiiyot o'qitish amaliyoti, «Jonsiz tabiat to'g'risidagi tushunchani qanday o'qitish kerak?», «Tabiatshunoslik» bo'yicha kitob. «Tabiatning asoslari va metodikasi» nomli kitoblari ancha mashhur. S.A. Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o'quv qurollari bilan jihozlash to'g'risidagi asari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy o'zining «Yuragimni bolalarga beraman» nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning o'zida o'rgatishni, ularda hissiyot va xayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U o'qituvchi bolalaming ruhiy dunyosini bilishi, ularning aqliy rivojlanishi, bilim olishga qiziqishlariga har jihatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. Suxomlinskiy tafakkurni rivojlantiruvchi birinchi darsni tabiat qo’ynida o'tkazilishini tavsiya qildi. Zamonaviy pedagogikada Tabiat bilan tanishtirish bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fan sanaladi. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Bolalarga tabiatni o'rgatib borish bilan pedagog ularni ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimni o‘quv va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. Tabiat bilan tanishtirish pedagogikada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o‘qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiat bilan tanishtirish sohasidagi eng muhim metodlardir. Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez — barcha ilmiy materiallarning muammolar bo‘yicha to‘planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o‘rin egallaydi. Pedagog ijodi uchun ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Tabiatshunoslikni o’qitish, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Shu fanlar bilan bo'ladigan aloqa bolaning o‘sha fanlar asoslarini egallagan bo‘lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallarni o'quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo'ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xarakterinii o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Tabiat bilan muloqot jarayonida o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, tabiatshunoslikni o‘qitish jarayoni faqat ta’lim beruvchi emas, balki ta’lim oluvchilar faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. O’qitishning natijasi dasturda mo'ljallangan materialning puxta o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Download 19.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling