1-Mustaqil ta’lim bo‘yicha mavzular rejasi
Download 59.06 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.V. Andreychikov va O.N. Andreychikova suniy intellekt tizim(SIT)larni quyidagicha sinflashni taklif qiladi [13]
1-Mustaqil ta’lim bo‘yicha mavzular rejasi (1-4-mavzular bo’yicha)
Muammolarni maqsadli tavsiflash uchun SI tizimlarini sinflashning eng muhimlarini keltiramiz. A.V. Andreychikov va O.N. Andreychikova sun'iy intellekt tizim(SIT)larni quyidagicha sinflashni taklif qiladi [13]: Intellektual axborot tizimi (IAT) - SIning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Bunday tizimning maqsadi - muammolarni hal qilish uchun yuqori malakali ekspertlar bilimlarini o'rganish va qo'llashdir Tabiiy tilli interfeys va mashinali tarjima. Bu tabiiy tilda insonning kompyuter bilan aloqa jarayonini (T-T muloqot tizimini) amalga oshirishni ta'minlaydigan tizimlarni ishlab chiqish va usullarni tadqiqot qilishdan iborat. Nutqni generatsiya qilish va tanib olish. Ovozli aloqa tizimlari kompyuterga axborot kiritish tezligini oshirish, shuningdek, masofadan turib ivozli muloqotni amalga oshirish uchun yaratilgan. Vizual axborotlarni qayta ishlash. Bunday tizimlarda tasvirni qayta ishlash, tahlil qilish va sintez qilish masalalari echiladi. Tasvirni qayta ishlash - bu grafikli timsollarni yangi tasvirlarga aylantirishdir. Tahlil masalasi – boshlang’ich tasvirlarni boshqa turdagi (masalan, matn) ma'lumotlarga aylanishi. O'rgatish va o'zini-o’zi o’rgatish. Ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtiruvchi protseduralardan foydalangan holda bilimlarni yig’ish va shakllantirishni avtomatlashtirish uchun modellar, usullar va algoritmlar yaratish. Bu tizimlarga Data-mining, Knowledge, Discovery va boshqalar kiradi. Timsollarni anglash. Ob'ektlarni belgilari assisida o’rganish jarayonida sinflarga xos belgilarni topish va ular asosida yangi obyektlarning oldindan berilgan sinflarning qaysi biriga tegishli ekanligini aniqlash yoki obyektlarni avtomatik ravishda sinflarga ajratishdan iborat. O'yinlar va mashinali ijod qilish. Mashinali ijod qilish - bu musiqalar, rasmlar va grafikalar, she'rlar, badiiy asarlar, yangi obyektlarni kashf etish, intelektual kompyuter o'yinlarini yaratish uchun mo’ljallangan mashinali dasturlar. SI tizimlarining dasturiy ta'minoti. SI tizimlarini yaratishning instrumental vositalariga- belgili axborotlarni qayta ishlash (LISP, SMALLTALK), mantiqiy dasturlash tillari (PROLOG, LISP, CLIPS, EKLIPS, PLANNER, MERKURY, ALISE, KL0, ShapeUp), bilimlarni tavsiflash tillari (OPS-5, KRL, FRL), instrumental vositalardan iborat integrallashgan dasturiy muhitlar (KE, ARTS, GURU, G2), shuningdek, ekspert tizimning qobig'lari (BUILD, EMYCIN, EXSYS, Professional, ЭКСПЕРТ) kiradi. Yangi kompyuter arxitekturasi. Bu belgili axborotlarni qayta ishlashga qaratilgan Fon Neyman arxitekturasiga asoslanmagan kompyuterlarni yaratish. Hozirgi vaqtda parallel va vektorli kompyuterlar mavjud. Intellektual robotlar. Hozirgi vaqtda qat’iy sxemali boshqarishga ega dasturlashtiriladigan manipulyatorlar ishlatiladi. Download 59.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling