Iqtisodiy geologiya


Download 365 Kb.
bet1/13
Sana07.03.2023
Hajmi365 Kb.
#1247339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Alimova Marjona kurs ishiq



DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO’MITASI


GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
“IQTISODIY GEOLOGIYA“ KAFEDRASI
“TARMOQ BOZORLARI NAZARIYASI’’ FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: Oligopoliyada narx belgilash (Kournot, modellari)
va uning ahamiyati

BAJARDI: Geologiya-qidiruv ishlari iqtisodiyoti taʼlim yoʻnalishi ____-kurs _____ guruhi talabasi


_______________________________________
ILMIY RAHBAR: “Iqtisodiy geologiya”
kafedrasi ________________________________
Toshkent-2022

Mundarija





KIRISH

3

I BOB.

OLIGOPOLIYA BOZORINING ASOSIY NAZARIY JIHATLARI

5

1.1

Oligopoliyaning iqtisodiy ahamiyati

5

1.2

Oligopoliya bozorining shakllanishi va asosiy xususiyatlari

12

II BOB.

OLIGOPOLIYA SHAROITIDA NARX BELGILASH

18

2.1

Oligopoliya sharoitida narx siyosati

19

2.2

Oligopoliyada narx belgilashning Kournot va Bertran modeli

23

XULOSA

28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

31

Kirish


Kurs ishining dolzarbligi. Oligopoliya nomukammal raqobat bozorining bir turi bo’lib, unda tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist – ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani (Sharg’un shahri) ishlab chiqarishni va telefon aloqa kompaniyalarini misol qilib keltirish mumkin.
Oligopoliya so'zi grekcha boʻlib (oligos - bir necha, poleo sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida rivojlangan mamlakatlardagi avtomobil sanoati, poʻlat, alyumin, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan umumiy mah sulot hajmi bir necha fimalar hissasiga to'gri keladi. Masalan, Microsoft kompanlyasining prezidenti Bill Geyts oligopoliya maqomini yoʻqotmaslik uchun oʻzining raqobatchilarin i doimiy ravishda moliyalashtirib turadi, chunki u bozorda monopol bo’lib qolsa, davlatga juda katta soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlashi kerak. Odatda, oligopol bozorda 2 tadan 15 tagacha bo'lgan kompaniyalar bozordagi barcha talabni qondiradi. Oligopol bozorning asosiy xususiyatlaridan biri bu biror bir firma faoliyatidagi o'zgarish, albatta boshqa xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan fimaga ta'sir oʻtkazishidadir. Ikkinchi fima raqobatda sinib qolmaslik uchun birinchi firma oʻzgarishiga javoban albatta biror oʻzgarish qilishi kerak. Bu oʻzgarish narxda, sotuv hajmida, bozordagi ulushida, investision va innovasion faoliyatda, xarajatlarni qisqatirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi xizmat koʻrsatishni yaxshilab borishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, bir firma oʻz mahsulotiga talabni ragʻbatlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan oʻz mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin. Lekin bu firmaning narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin. Birinchidan, boshqa firmalar e'tibor bermasligi mumkin; ikkinchidan, ular ham narxni 10 foizga tushirishi mumkin, natijada firmalar oladigan foyda miqdori kamayadi, hatto nolga teng boʻlishi ham mumkin: uchinchidan, boshqa firma bu fimani sindirish maqsadida mahsulotiga boʻlgan narxni 10 foizdan yuqoriroqqa pasaytirishi mumkin, lekin bunday holatni davom etishi narxlar jangiga olib kelishi mumkin. Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Oligopol bozorda ishlab chiqarilayogan tovar bir turdagi ham diversifikatsiyalashgan ham boʻlishi mumkin. Agarda iste'molchilar biror bir fima savdo belgisiga alohida e'tibor qaratmasalar, bozordagi aksariyat tovarlar absolyut o'rnini bosuvchi tovarlar boʻlsa, bu bozor sof yoki bir turdagi oligopoliya bozori hisoblanadi. Bunday bozorlarga misol qilib, sement, alyuminiy, qog'oz, kimyo mahsulotlari bozorini keltirish mumkin. Agarda tovarlar o'z savdo belgisi bo'yicha yuqori mavqega ega bo'lsa va ularning absolyut o'rnini bosuvchi tovarlari boʻlmasa (ba'zi bir elementlariga ko'ra), unda bu bozor differensiallashgan oligopoliya bozori deyiladi. Bu bozorga misol qilib, avtomobil, kompyuter, televizor, alkogolsiz ichimlikla bozorini keltirish mumkin. Oligopol bozor sharoitida narxlarga ta'sir koʻrsatish va bozordagi xokimlik darajasi nisbatan yuqoridir. Lekin amalyotda oligopoliyalar narx raqobatidan qochib, stabil narxlarni ushlab turishga xarakat qiladilar.

Download 365 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling