Iqtisodiy indekslar
Didaktik maqsadlarga ko‘ra
Download 396.5 Kb.
|
13-Mavzu.Iqtisodiy indekslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keysning afzalliklariga quyidagilar kiradi
Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys – tahlillarni o‘rgatish va baholash hisoblanadi. Shu sababdan, keys muammosining shakllanishi va tuzilishi uning masalasining echimida algoritm va tahlil asosida ishlab chiqilgan. Gologramma sifatida ba’zi ma’lumotlar nazariy jihatdan berilgan bo‘lib, qo‘shimcha axborotlar muammoli holatlarni amaliy mashg‘ulotlarda o‘z echimlariga ega bo‘ladi.
Keysning afzalliklariga quyidagilar kiradi: O‘quv darsining keys – texnologiya o‘qitish bo‘yicha, talabalarning o‘zi tashkil etgan ish faoliyatining ta’minlovchi va uning natijaviy bahosini belgilovchi “Holatiy tahlil varaqasi” mavjud. Ushbu keys – “Mehnat statistikasi”, “Iqtisodiy statistika”, “ Sanoat statistikasi”, fanlarining mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. KIRISH J ahonda takomillashgan axborot va yangi texnologiyalar asri bo‘lgan davrda har qanday mamlakatni yangi sifat yo‘liga o‘tkazishda hamda xalq farovonligi va hayot darajasini oshirishda statistika zarur. Bugungi kunda jahonda statistikaga doir qator amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo hozirgi kunda mamlakatimizda statistikaning tashkiliy-iqtisodiy masalalarini takomillashtirish, statistik organlar faoliyati bo‘yicha strategiyalarni belgilab olish masalalari etarlicha ochib berilmagan. O‘zbekistonda bugungi kunda statistik organlarning mustaqillik masalalariga alohida e’tibor berilayotganligi hechkimga sir emas. Ushbu yo‘nalishdagi ko‘pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003-sonli farmoni hamda 2017 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son, 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son, 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorlarida muhim vazifalar belgilab berilgani ham muammoni ahamiyatini yanada oshiradi. Mazkur mavzuni o‘rganish uchun talabalar malaka talablari hamda o‘quv rejada ko‘zda tutilgan iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo‘lishi lozim. Statistikaning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni iqtisodiyot istiqbolini belgilash asosini yaratish hamda mamlakat iqtisodiy siyosatini haqqoniy statistik axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. S tatistika idoralari tomonidan statistikada yuz berayotgan o‘zgarishlar monitoringini va mamlakat ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda axborotlari bilan ta’minlashda statistik usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling