Iqtisodiy indekslar


Download 0.56 Mb.
bet5/17
Sana09.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1465847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Iqtisodiy indekslar

Vaznsiz umumiy indekslar
Vaznsiz umumiy indekslarda ayrim hodisalar teng vazmindorlikda olinadi.
Bu indekslar murakkab hodisa o`zgarishida ayrim elementlar teng vazmindorlikda qatnashadi degan ilmiy gipotezaga asoslanadi. Vaznsiz indekslarni tuzishning ikkita usuli bor, ular oddiy o`rtacha miqdor va oddiy agregat tushunchalarining qo`llanishiga asoslanadi. Bu usullar bilan vaznsiz umumiy baholar indeksini tuzish misolida yaqindan tanishib chiqamiz.
Birinchi usulda o`rtacha baho indeksi yakka baho indekslaridan hisoblangan oddiy o`rtacha miqdor shaklida tuziladi. Ko`pincha u oddiy arifmetik o`rtachaga asoslanadi.
(16)
1-jadvalda % Demak, bozorda baholar 2,3 foizga otrgan.
Yakka indekslardan hisoblangan oddiy arifmetik o`rtacha indeks Karli indeksi deb ataladi
Bu indeksni birinchi marotaba italyan iqtisodchisi Djon Rinaldo Karli 1751 yilda, Italiyada don, vino va zaytun yog`i baholarining 1500-1750 yillarda o`sishini aniqlashda qo`llagan. Shuning uchun uni Karli indeksi deb yuritiladi.

Oddiy o`rtacha arifmetik indeksning muqobil varianti sifatida oddiy o`rtacha garmonik indeksni qarash mumkin: (17)


1-jadvalda %
Demak, 1 so`mning sotib olish qudrati 3,9 % pasaygan.
Garmonik o`rtacha indeks - teskari yakka indekslarga asoslanadi
Bu formulaning maxrajidagi 1ip ifoda milliy valyuta (so`mning) sotib olish qudrati qanday o`zgarishini aniqlaydi. Shuning uchun 17 formuladan so`mning sotib olish qudrati indekslari asosida baholarning o`rtacha o`zgarishini aniqlashda foydalanish mumkin.
Vaznsiz o`rtacha indekslarning yana bir turi oddiy geometrik o`rtacha indekslardir: (18)
Bu yerda P-ko`paytirish shartli belgisi.
1-jadvalda yoki 99,93 %. Bu indeksga baho katta miqdorda oshgan (60 %) gilam kuchsiz ta`sir etadi, vaholanki Karli indeksiga sezilarli ta`sir etgan edi.
Geometrik o`rtacha indeks Jevons indeksi deb ataladi. O`lchovdosh bo`lmagan hodisalar o`zgarishini aniqlashda qo`llash o`rinlidir.
Oddiy o`rtacha geometrik indeksni ingliz iqtisodchisi Uil`yam Stenli Jevons 1863 yilda taklif etgan.
Oddiy agregat indeks shaklida umumiy baho indeksi joriy baholar yig`indisini bazis baholar yig`indisiga bo`lishdan hosil bo`ladi: (19)
Bu indeksni frantsuz moliyachisi Sharli Dyuti 1738 yilda qo`llagan.
Aslida u yakka indekslarni bazis baholari bilan tortib olingan vaznli indeksdir:
(19)
1-jadvalga binoan
Barcha vaznsiz indekslar o`zaro bog`lanishni ifodalovchi tizimdan indekslashtirilayotgan hodisalarni ajratib, alohida olib qaraganda ular dinamikasida ko`zatiladigan sof o`zgarishlarni miqdoran baholaydi. Ular predmetlik xususiyatiga, iqtisodiy ma`noga ega. Ammo har qanday sharoitda hamma vaznsiz indeks turlaridan foydalanib bo`lmaydi. Masalan, oddiy agregat indeksni turli jinsli mahsulotlar jismoniy hajmi o`zgarishini aniqlashda qo`llab bo`lmaydi, chunki ular taqqoslamalik, umumo`lchovlik xususiyatiga ega emas. Bunday sharoitda geometrik o`rtacha indekslarni qo`llash asoslidir. Hodisalar barqarorligini aniqlash maqsadida indekslarni turli tashqi kuchlar, jumladan mavsumiy, g`ayritabiiy sharoit ta`siridan chetlanib hisoblash zaruriyati tug`ilganda geometrik o`rtacha indekslar juda qo`l keladi. Umuman vaznsiz indekslarni qisqa vaqt davomida hodisalarda kuzatiladigan o`zgarishlarni chamalash vositasi sifatida qo`llash mumkin.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling