Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdidlar


Download 181.99 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi181.99 Kb.
#1184536
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU

Birinchi guruh omillari harakati oqibatida mahlum vaziyatda makroiqtisodiyot darajasida salbiy holatlar yuzaga kelib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Ikkinchi guruh omillari harakati esa uzoq muddatli davrda xo’jalik tizimi muhim elementlarining takror ishlab chiqarilishi natijasida to’plangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga keladi.
Ichki tahdidlar ichida xufyona iqtisodiyot o’ta xavfliligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun unga qarshi kurash iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashda muhim ahamiyatga ega.



    1. Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdidlar.



Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlik uchun quyidagilar taqozo etiladi:
birinchidan, jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etish bilan milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
ikkinchidan, jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga tahsirini kamaytirishga erishish. Alohida tahkidlash joizki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar tahsirini butunlay yo’q qilish, unga barham berish mumkin emas.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi tahdidlarga quyidagilar kiradi:

  • eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, anhanaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo’qotilishi;

  • mamlakatning ko’p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bog’liqligi;

  • tashqi qarzlarning o’sib borishi;

  • eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, bojxona chegaralarining yopiq emasligi;

  • raqobatga bardoshli eksportni qo’llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional emasligi;

  • eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi.

Davlat iqtisodiy manfaat va xavfsizlikka tahdidlarni aniqlab, ularning oldini olish maqsadida iqtisodiy siyosat maqsadlari va strategiyalarini ishlab chiqadi. Bu bilan iqtisodiy xavfsizlikni tahminlash mexanizmini yaratadi.



Download 181.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling