3-MAVZU. IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TAHDIDLAR
Reja:
Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar.
Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar.
Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdidlar.
Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar
Jamiyatda inson xo’jalik subhektlarining faoliyati ularning ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi. Kishilar ehtiyojlari xilma-xil bo’lib, ularning tarkibida sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar muhim o’rin tutadi. Umuman inson ehtiyojlarini AQSHlik olim A.Maslou quyidagi guruhlarga ajratgan:
fiziologik, yahni ovqatlanish, ichimlik ichish, uxlash va boshqalar;
xavfsizlik ehtiyojlari, yahni kasallik, qo’rqinchli vaziyatlardan, qahr-g’azabdan, tabiiy ofat va boshqalardan himoyalanish ehtiyojlari;
ijtimoy aloqalarga bo’lgan ehtiyojlar, yahni mehr-oqibat, muhabbat, biron- bir guruhga, oilaga birikish va boshqalar;
hurmatga sazovar bo’lish (maqsadga erishish, tan olinish);
o’zini namoyon etish, yuqori mavqega erishish, yahni o’z qobiliyatlarini namoyon etish va amalga oshirish va h.k.
Inson o’z ehtiyojlari va ularni qondirish zarurligini anglaganida manfaat yuzaga keladi. Manfaat esa mehnatga, faoliyatga undovchi motivatsiyani vujudga keltiradi.
Iqtisodiy anglangan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning namoyon bo’lish shaklidir. Manfaatlar xo’jalik yuritishdan ko’zlangan naf va yutuqni ifodalaydi. Ularga erishilganda xo’jalik subekti mustaqillikka va o’zidan-o’zi rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ladi. SHu boisdan iqtisodiy manfaatlar xo’jalik faoliyatini yuritishdan ko’zlangan iqtisodiy maqsadlarni ham ifodalaydi.
Iqtisodiy maqsadlar umumiy tarzda quyidagicha turkumlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |