Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdidlar
-rasm. Iqtisodiy tahdidlar tahlili
Download 181.99 Kb.
|
3-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi tahdidlar Ichki tahdidlar Iqtisodiy tahdidlar 3.1-chizma. Iqtisodiy tahdidlar tarkibi 1
- Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar
- Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi
3.1-rasm. Iqtisodiy tahdidlar tahlili
Iqtisodiy tahdidlarni eng umumiy tarzda ichki va tashqi tahdidga ajratib o’rganish mumkin. Tashqi tahdidlar geopolitik, tashqi-iqtisodiy, shuningdek, global ekologik omillar bilan tavsiflanadi (3.1-chizma). Mamlakat ichida vujudga keladi Global ekologik tahdidlar Tashqi iqtisodiy tahdidlar Geopolilik tahdidlar Tashqi tahdidlar Ichki tahdidlar Iqtisodiy tahdidlar 3.1-chizma. Iqtisodiy tahdidlar tarkibi1 Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga va jamiyat, davlat, xo’jalik yurituvchi subhektlar, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlariga iqtisodiy tahdidlar bevosita xavf tug’diradi. Bu tahdidlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishni izdan chiqarib, jamiyat hayotida tanglik holatlarini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar Mamlakatning ichki iqtisodiy sohadagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy hamda boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va beqarorlik, tangliklar tahsiridan himoylanish orqali tahminlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi: ilgarigi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalshgan iqtisodiyotning meros qolganligi; ko’pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig’imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; yuqori darajadagi inflyatsiya; infratuzilma obektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi; mineral xom ashyo bazalarining kam o’rganilganligi va xo’jalik oborotiga tortilish imkoniyatlarining yetarli emasligi; mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo’nalishlarida ilg’or o’rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat obro’sining tushib ketishi; ichki bozorlarda chet el firmalari tomonidan mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining, shu jumladan, istehmol tovarlarining siqib chiqarilishi; hududiy separatizm tendensiyasi va boshqarish qarorlarini qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajadaligi; investitsion faollikning pastligi; kapital xarajatlar o’rniga joriy xarajatlarni afzal ko’rish; sotsial ziddiyatlarning kelib chiqish xavfining mavjudligi. Bunday ijtimoiy ziddiyatlar mehnatga haq to’lash mexanizmining takomillashmaganligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, aholi o’rtasidagi tabaqalanishning keskinlashib ketishi, aholi bilim darajasi va sifatining pasayishi tufayli vujudga keladi; qonunchilikning rivojlanmaganligi, bir qancha iqtisodiy subektlarning ichki va tashqi bozorda monopol holatda ekanligi g’ayriqonuniy faoliyat ko’ratishi hamda huquqiy intizomining pastligi; iqtisodiyot subektlarining moliyaviy va shartnomaviy intizomining pastligi; iqtisodiyotning kriminallashuvi va uni boshqarishda korruptsiyaning kuchayishi; daromadlarni yashirish va soliq to’lashdan qochish holatlarining ko’payishi; moliyaviy mablag’larni chet ellarga noqonuniy tarzda o’tkazish. Tahdidning ichki omillarini, o’z navbatida, ikki guruhga ajratish mumkin: 1) iqtisodiy tizimning davriy rivojlanish qonuniyatlariga bog’liq tahdid omillari; 2) davriy rivojlanish qonuniyatlariga bog’liq bo’lmagan omillar. Download 181.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling