Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdidlar


Download 181.99 Kb.
bet2/5
Sana10.02.2023
Hajmi181.99 Kb.
#1184536
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU

Iqtisodiy o’sish. Ko’p miqdorda hamda yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish, yahni yuqori turmush darajasini tahminlash.

  • To’liq bandlik. Ishlashga qodir bo’lgan va ishlashni xohlaydigan kishilarni o’zlariga mos mashg’ulot bilan tahminlash.

  • Iqtisodiy samaradorlik. CHeklangan ishlab chiqarish resurslarini minimal darajada xarajat qilib, maksimal natija olishga intilish.

  • Barqaror narx darajasi. Umumiy narx darajasining keskin ko’tarilishi yoki pasayishi, yahni inflyatsiya yoki deflyatsiyaning yuqori darajada o’zgarishiga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rish.

  • Iqtisodiy erkinlik. Korxona boshqaruvchilari, ishchilar va istehmolchilar o’z iqtisodiy faoliyatida yuqori darajada erkin bo’lishlari kerak.

  • Daromadlarning oqilona taqsimlanishi. Aholining eng boy va eng kambag’al, yahni kam tahminlangan qatlamlari o’rtasida farq katta bo’lishiga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rish.

  • Iqtisodiy jihatdan tahminlash. Mehnatga layoqatsiz, kasalmand, qari, mayib, majruh va boshqa kam tahminlangan, yordamga muhtoj aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash.

  • Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlar oqilona balansini tahminlashga intilish.

    Mazkur umumiy iqtisodiy maqsadlar xo’jalik yuritishning mikro va makro darajalaridagi, turli iqtisodiyot subektlarining iqtisodiy manfaatlarini umumiy tarzda ifodalaydi.
    Iqtisodiy manfaatlarni ro’yobga chiqarishning ichki va tashqi shart-sharoitlari mavjud bo’lib, ichki sharoitlariga shaxsning rivojlanishi, konstituttsion tuzumning mustahkamlanishi, mamlakat hudularining yaxlitligi va bo’linmasligini tahminlash hamda xo’jalik va boshqa faoliyatlar, favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar, fralokatlar tahsirida vujudga keladigan noxush ekologik holatlardan kishilar salomatligini saqlash kiradi. Tashqi sharoitlarga esa sherikchilik va o’zaro hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini shakllantirish va rivojlantirish, tashqi agressiyalarni qaytarish qobiliyatini tahminlash, o’zining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos ravishda xalqaro hamjamiyatda o’ziga munosib o’ringa ega bo’lish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning ro’yobga chiqishiga to’sqinlik qiluvchi turli-tuman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoua qilish davlat zimmasiga yuklatilgan.


    Download 181.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling