Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati va mazmuni. Vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 0.9 Mb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1168032
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari

Vujudga kelishi va rivojlanishi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida muhim yo’nalishlardan biri monetarizm deb ataladi. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o’zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o’ynaydi, degan g’oyani ilgari suradi. Amerikalik olim Vasiliy Leontev esa «xarajat – natija» deb atalmish iqtisodiy andozaning asoschisidir. XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo’nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari qo’ydagilar:
Neoliberalizm (F.Xayek, Shumpeter, L.Erkard) – asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvning eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Monetarizm–(M.Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomilasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.
Instituttsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko’ra xo’jalik yurituvchilar o’rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o’zgarishlar orqali ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o’tiladi.
Hozirgi paytda bu yo’nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDH davlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
Asosiy yo'nalishlari va nomlari.
Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling