Iqtisodiy noaniqlik Siyosiy noaniqlik Tabiiy noaniqlik Vaqtinchalik noaniqliklar Noaniqlik turlari Tashqi va ichki muhit noaniqligi Ziddiyatli vaziyatlar Bir-biriga mos tushmagan manfaatlar va vazifalar Ko‘p maqsadli vazifalar


Download 22.16 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi22.16 Kb.
#1291063
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


41. Noaniqliklar tizimi va moliyaviy risklarni boshqarish.
Tadbirkorlik faoliyatining ixtiyoriy turida o‘rin tutuvchi
noaniqlik shartlari iqtisodiy tizimlar o‘zining faoliyat arayonida qator sabablarga bog‘liqligini keltirilgan noaniqliklar sxemasi
ko‘rinishida tizimlashtirish mumkin Yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra noaniqliklar retrospektiv, joriy va
istiqboldagi kabi turlarga ajratiladi. Qabul qilinayotgan qarorlarning
iqtisodiy samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olish
zarurati samara kabi xarajatlar ham vaqt bo‘yicha taqsimlangan
bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq. Vaqt bo‘yicha turlicha
taqsimlangan miqdoriga ko‘ra teng xarajatlar u yoki bu turdagi
(iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) bir xil bo‘lmagan foydali natijani
ta’minlaydi.
Yuzaga kelish omillariga ko‘ra noaniqliklar iqtisodiy (tijoriy)
va siyosiy noaniqliklarga ajratiladi. Iqtisodiy noaniqliklar korxonalar
iqtisodiyotidagi yoki mamlakat iqtisodiyotidagi noqulay o‘zgarishlar
bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilar kiritiladi: bozor talabidagi
16 Шапкин А.С., Шапкин В.А. Экономические и финансовые риски. Оценка, управление,
портфель инвестиций. М.: “Дашков и К0”, 2016.
Iqtisodiy
noaniqlik
Siyosiy
noaniqlik
Tabiiy
noaniqlik
Vaqtinchalik
noaniqliklar Noaniqlik turlari Tashqi va ichki muhit noaniqligi
Ziddiyatli vaziyatlar Bir-biriga mos tushmagan
manfaatlar va vazifalar
Ko‘p maqsadli
vazifalar

31
noaniqlik, bozor narxlarining oldindan aytish noaniqligi, bozor
taklifining noaniqligi, raqobatchilar harakatlari haqida axborotlar
yetarli emasligi va boshqalar. Siyosiy noaniqliklar tadbirkorlik
faoliyatiga ta’sir qiluvchi siyosiy vaziyat o‘zgarishi bilan
shartlangan. Noaniqliklarning mazkur turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
amaliyotda ularni ajratish ko‘pincha ancha qiyin kechadi.
Tabiiy noaniqlik bir qator omillar majmui bilan tavsiflanib,
ularning orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: tabiiy shartsharoitlari, turli xil to‘siqlar (atmosfera, elektromagnit va
boshqalarga oid).
Noaniqlikning keyingi turi tashqi muhit noaniqligi hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda tashqi va ichki muhit
tushunchalari joriy qilinadi. Ichki muhit tadbirkorning o‘zi va uning
aloqalari bilan faoliyatiga bog‘liq omillarni o‘z ichiga oladi. Tashqi
muhit esa bevosita tadbirkor faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan va
yanada kengroq ijtimoiy, demografik, siyosi va boshqa xarakterga
ega bo‘lgan omillar bilan tavsiflanadi.
U yoki bu tanlovda ishtirok etuvchi shaxslarning strategiya va
taktikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, oligopolistlarning narx
siyosati va boshqalar kabi ziddiyatli vaziyatlarda esa noaniqlikning
maxsus turi yuzaga keladi.
Noaniqlik sharoitida bir-biriga mos tushmagan manfaatlar
muammosi ko‘plab mezonlar asosida optimal yechimni tanlash
ko‘rib chiqiladigan vazifalar maxsus guruhni tashkil qiladi.
Noaniqliklar mavjudligi optimal yechimlarni tanlash jarayonini
sezilarli darajada murakkablashtiradi va oldindan aytish mumkin
bo‘lmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Amaliyotda, iqtisodiy
tahlil o‘tkazishda, noaniqlik omili keltirib chiqaruvchi ushbu
“yovuzlik”ka aksariyat hollarda e’tibor qaratmaslikka harakat
qilinadi va determinatsiyalangan modellar asosida ish ko‘riladi (qaror
qabul qilinadi). Boshqacha aytganda, qabul qilinayotgan qarorlarga
ta’sir qiluvchi omillar aniq ma’lum deb taxmin qilinadi.
Afsuski, asl voqelik ko‘pincha bunday tasavvurlarga mos
tushmaydi. Shuning uchun nazorat qilinmaydigan omillarni hisobga
olmay samarali yechimlar tanlash siyosati aksariyat hollarda iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa tusdagi sezilarli yo‘qotishlarga olib keladi.
32
Iqtisodiy faoliyatda riskning anchayin xarakterli sababi
hisoblangan noaniqlikni ko‘rib chiqar ekanmiz, faoliyatning
iqtisodiy, tijoriy, boshqaruv, moliyaviy va boshqa turlari jarayoniga
tatbiqan uni ajratib ko‘rsatish va o‘rganish favqulodda muhim
hisoblanishini qayd qilish zarur, chunki bunda aniq belgilash mumkin
bo‘lmagan shart-sharoitlarda sanab o‘tilgan faoliyat turlarini amalga
oshirish imkoni bo‘lmagan amaliy vaziyat aks ettiriladi.
Adabiyotlarda “noaniqlik” atamasining turli ta’riflari mavjud.
Noaniqlik – bu turli sabablar, eng avvalo, yechimlarni amalga
oshirish shart-sharoitlari, jumladan, ular bilan bog‘liq sarf-xarajatlar
va natijalar haqida ma’lumotlar to‘liq emasligi yoki noaniqligi tufayli
yuzaga keluvchi turli parametrlarning kelgusi qiymatlari haqida
to‘liqsiz yoxud noaniq tasavvurlardir.17
Noqulay vaziyatlar va oqibatlarga yechim topishni amalga
oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq noaniqlik
risk tushunchasi bilan tavsiflanadi.
Hodisalarning ustma-ust tushish ehtimoli nuqtayi nazaridan
noaniqlikni uch turga ajratish mumkin: to‘liq noaniqlik, to‘liq
aniqlik, qisman noaniqlik.
To‘liq noaniqlik Pt hodisa yuz berishining nolga yaqin
prognozlanuvchanligi bilan tavsiflanib, bu matematik jihatdan
quyidagicha ifodalanadi:

lim
୲→୲ౡ
P୲
= 0

(1.5.1)

bu yerda t – vaqt;
tk – hodisani prognozlashning yakuniy vaqti.
To‘liq noaniqlikka birga yaqin hodisalar prognozlanuvchanligi
mos keladi, ya’ni:

lim
୲→୲ౡ
P୲
= 1

(1.5.2)

Bu, birinchi navbatda, noaniqlik sharoitida muammoni hal
qilishda maqbul yechim ba’zi ehtimollik bilan aniqlangan va
oldindan taxmin qilingan ishonch (odatda 0.9 - 0.99) bilan aniqlangan
holatlarda mumkin, bu nafaqat sizning strategiyangizni taxmin qilish
imkonini beradi.
17 Чернов В.А. Анализ коммерческого риска. – М.: “Финансы и статистика”, 1998.
33
Qisman noaniqlik oldindan aytib bo‘lmaydigan 0 dan 1 gacha
bo‘lgan tengsizlik bilan aniqlanadigan bunday hodisalarga to‘g‘ri
keladi.

0 < lim
୲→୲ౡ
P୲
< 1

(1.5.3)

Xavfning obyektiv mavjudligi va u bilan bog‘liq moliyaviy,
ma’naviy va boshqa yo‘qotishlar sharoitida korxona tomonidan
belgilangan maqsadlar nuqtayi nazaridan iloji boricha eng yaxshi
usullarni tadbirkorlik faoliyatini qabul qilish va amalga oshirishda
hisobga olishga imkon beradigan muayyan mexanizmga ehtiyoj
paydo bo‘ladi.

Risklarni kamaytirishdan foyda va buning uchun zaruriy sarfxarajatlar o‘rtasida muvozanatga erishish uchun yo‘naltirilgan


murosani ishlab chiqish jarayoni, shuningdek, buning uchun qanday
choralar ko‘rilishi lozimligi (jumladan, qandaydir harakatni rad
qilish) bo‘yicha qaror qabul qilish riskni boshqarish deb ataladi.
Risklarni boshqarish – risklarni tasniflash, identifikatsiyalash,
tahlil qilish va baholash, riskdan himoyalanish usullarini ishlab
chiqishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidir.
Risklarni boshqarishning asosiy metodologik tamoyili risk
foydaliligi va me’yorini umumiy o‘lchov birliklarida o‘lchash
hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuvchanligini
ta’minlash hisoblanadi. Risklarni boshqarish jarayonining boshlang‘ich bosqichi obyektning strukturasi, xususiyatlari va mavjud risklar
haqida zaruriy ma’lumotlarni olish maqsadiga ega bo‘lgan risk tahlili
sanaladi. Risklar tahlili ikkita bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi turlarga
bo‘linadi: asosiy vazifasi risk omillarini va riskli vaziyatlarga olib
keluvchi holatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan sifat tahlili va alohida
risklar o‘lchamlarini va loyiha riskini umumiy hisoblash imkonini
beruvchi miqdoriy tahlil. Sifat tahlili quyidagilarni nazarda tutadi: –
barcha ehtimoliy risklarni identifikatsiyalash (belgilash); – risklar
manbalari va sabablarini aniqlash; – risk mavjud yechimlarni
qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy foyda va ehtimoliy
salbiy oqibatlarni aniqlash. Sifat tahlili jarayonida barcha ehtimoliy
risklarni to‘liq aniqlash va identifikatsiyalash kabi hamda riskli
hodisalar boshlanishiga olib keladigan ehtimoliy resurs
yo‘qotishlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Miqdoriy tahlil risklarni son jihatidan baholash, ularning
darajasini belgilash va optimal yechim tanlashni o‘z ichiga oladi.
Matritsali o‘yinlar nazariyasiga tayangan, samaradorlikning turli
mezonlarini qo‘llagan va chiziqli dasturlashning ikki tomonlama
masalalar nazariyasidan foydalangan holda, noaniqlik sharoitida
optimal yechimni tanlashning turli xil iqtisodiy masalalar uchun
189
yaxlit yondashuvi keltirilgan. Riskni miqdoriy baholash, shuningdek,
matematik statistika va ehtimollar nazariyasi metodlaridan foydalangan holda ham amalga oshirilib, bu noqulay vaziyatlar yuzaga
kelishini oldindan ko‘ra olish va imkon qadar uning salbiy ta’sirini
kamaytirish imkonini beradi. Muayyan risklarning paydo bo‘lish
ehtimoli va ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
miqdoriy baholash paydo bo‘lishiga ko‘ra eng ehtimolli va miqdoriga
ko‘ra eng salmoqli risk yo‘qotishlarini ajratib ko‘rsatish imkonini
beradi, bu vaziyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi haqida
qaror qabul qilish uchun kelgusi tahlil obyekti bo‘ladi.

Download 22.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling