Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti


Download 90.56 Kb.
bet3/9
Sana18.10.2023
Hajmi90.56 Kb.
#1709237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy o\'sish Feruza

Inson kapitalining tasnifi
Salomatlik (biofizik) kapitali. Jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik, mehnat faoliyatining davomiyligi har bir inson uchun har qanday ishlab chiqarish faoliyatida juda muhimdir. Salomatlik kapitali inson kapitalining ajralmas qismi bo‘lib, unga investitsiyalar kiritish xodimlar kasallanishining kamayishi hisobiga mehnat qobiliyatini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi.
Mehnat kapitali. Mehnat qanchalik murakkab bo‘lsa, xodimning malakasi, bilimi, tajribasi, va ma’su1iyatiga talab ham shu qadar yuqori bo‘ladi. Malakali mehnat oddiy mehnatga qaraganda samaraliroqdir, shuning uchun unga yuqoriroq xaq to‘lanishi kerak. Korxonalarda mehnat kapitali malakali xodimlaming mehnatida mujassam bo‘lib, ularning salmog‘i qo‘llanilayotgan texnologiyaga bog‘liqdir.
Ta’lim kapitali. U tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim malakali xodimlarni takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Intellektual kapital. Intellektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash huquqi muallifga tegishlidir. Intellektual mulk obyektlari xo‘jalik aylanmasiga korxonalaming moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ularning, shuningdek ushbu aktiv egalarining daromadlarini ko‘paytiradi.
Tashkiliy-tadbirkorJik kapitali. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak mas’uliyat, ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona tavakkalchilik qilish talab qilinadi. Ana shu kapital — nou-xau, tijorat sirlariga ega bo‘lish ularni tashkiliy- tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi. Ishbilarmonlik darajasi xususiy va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Yuqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy kategoriyaning ajratib berilmaydigaıt turlariga taaluqlidir.
Ajratib beriladigan inson kapitali turlariga esa quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy-madaniy inson kapitali. Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiya- lashishini, ijtimoiy takror hosil qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’Iim, texnologik oqimlar mavjud bo‘lishini aks ettiradi;
Sotsial kapital. Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari hisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy subyekt u yoki bu tarzda ijtimoiy munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligi bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
Birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir, shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir; ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri sifatida xususiy mulk bo‘lishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat hisoblanadi.
A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, kooperatsiya, hissiy qo‘Ilab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb hisoblaydi. Bundan kelib chiqqan holda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi.
1. Tarkibiy kapital — bu xo‘jalik yurutuvchi subyektning bozorning o‘zgarib boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir.
Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti innovatsiyalar ta’siri ostida muttassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir.
2. Tashkiliy kapital. Mohiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyidagilarni qamrab oladi:

Download 90.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling