Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti


Download 90.56 Kb.
bet1/9
Sana18.10.2023
Hajmi90.56 Kb.
#1709237
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy o\'sish Feruza



IQTISODIY O’SISH
FANIDAN

MEK-87
SAFAROVA FERUZA

MAVZU:
G‘OYALAR IQTISODIYOTI
Reja:

  • Inson kapitali

  • Texnologiya

  • Intellektual mulk va kapital


Inson kapitali
Neoklassik nazariyasiga ko‘ra, bunda neoklassik texnologiya va raqobatchilik iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari deb belgilangan. Ammo iqtisodchilar qaysi yo‘l bilan fan-texnika taraqqiyotiga erishiladi. 80-yillardan boshlab ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy o‘sishning aniq omilini o’zlarining izlanishlarini qaratganlar. Natijada «iqtisodiy o‘sishning yangi nazariyasi» yoki «endogen iqtisodiy o‘sish» kabi ishlar qilingan. Albatta bunday ishlar mazmunini bir bobda qisqacha yoritib berish qiyin, shuning uchun izlanish predmetini uchta keng kategoriyaga bo‘lib chiqiladi.
Yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi yoki malakasi oshishini faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orqali ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib o‘tganimizdek bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz daromadni qisqarib ketish qonuniyatini rad etishimiz mumkin, agar biz bir vaqtning o‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daromad olish imkoniyatlari bo‘ladi.
Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bo‘lib uzluksiz ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa o‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz kechganlar deb hisoblaymiz. Chunki agar ular ta’lim olish o‘rniga biron-bir korxonada ishlayotganlarida ma’lum bir maosh olgan bo‘lar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson kapitaliga kiritilgan investitsiya deb yuritadilar.
Ammo fuqarolarga qanday ta’lim berishni ta’minlash kerak? Boshqacha qilib aytganda iqtisodiy o‘sishni qaysi muqobil yo‘lini tanlashimiz lozim? Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik: ma’lum bir guruh insonlar yaxshi ma’lumot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ularning qay darajada davlatni boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga ko‘ra agar yetakchilar yaxshi ma’lumotga ega bo‘lsalar, u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi.
Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: har bir inson minimum bilim olishi kerak. Bu variantning mazmuni, har bir ishchidan iqtisodiy o‘sish yangi texnologiyalarni tezkorlikda kiritish kerakligidan iborat. Oxirgi 30 yillar ichida Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va radiomahsulotlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda asta-sekinlik bilan oshib bordi va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshladilar.
Bunday iqtisodiy tizimda har bir ishchi turli xil kasblarni egallashi lozim. Shuning uchun bunday sharoitlarda, shunday ta’lim tizimi tuzilishi kerakki, bu ta’lim tizimi ishchilar uchun turli xil kasblarni egallashiga ko‘maklashishi kerak. Oxirgi 30 yillar ichida inson kapitalini to‘plash modeli universalizmga asoslangan bo‘lib, u elitizmga asoslangan modelidan ko‘ra afzalroqdir.
Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda quyidagi bosqichlarda deb hisoblanadilar:
Iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan oldinga bosqichida. Bu bosqichda iqtisodiy rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiyotning agrar sektori hisoblanadi;
Iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishi bosqichida. Bu bosqich asosini sanoat ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti tashkil etadi;
Iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingi bosqichida. Bu bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu jumladan axborot texnologiyalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sanoat sektorining o‘sishi asosan ommaviy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yuqori texnologiyali tarmoqlari rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi xodimlar malakasiga talabni oshiradi. Mehnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan bo‘shatilayotgan xodimlar xizmat sohasiga o‘tadilar va jamiyat bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi holatga o‘tadi.
Sanoati rivojlangan jamiyatida iqtisodiy o‘sish va insonni rivojlantirish xususiyatiga sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi sanoatni rivojlantirish tarkibiy o‘zgarishlarning uch bosqichi orqali ro‘y berishidan dalolat beradi:
Mehnat sarfi yuqori bo’lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish. Ushbu jarayon, bir tarafdan, ish haqi darajasi past bo‘lishini nazarda tutadi, bu o‘z navbatida oilalarning daromadiga va insonni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ish joylari sonining ko‘paytirilishi ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Bu aholi soni barqaror yuqori darajada ko‘payib boradigan hamda fan va texnologiya yetarli darajada rivojlanmagan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xosdir. Ayni paytda ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan tarmoqlarning ustuvorligi insonni rivojlantirish darajasini mutanosib taqsimlash muammosini hal etishga yordam beradi. Kapital sig’imi yuqori bo’lgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ish haqi va daromad darajasi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa insonni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayni paytda bunday rivojlanishda ushbu ishlab chiqarishlardagi kapitalning ulushi ish kuchi salmog‘idan yuqori bo‘ladi. Bu esa ish bilan bandlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Fan sig’imi yuqori bo’lgan ishlab chiqarish yuqori kapital sig‘imi xususiyatiga egadir. Yuqori mehnat unumdorligi va rentabellik insonni rivojlantirish salohiyatini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi.
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlarning mehnatga bo‘lgan qobiliyati — ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson kapitaliga iste’mol xarajatlari — oilalarning ovqatlanishi, kiyim—kechak, turar joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolarga sarflar, shuningdek davlatning bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan.
Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa, inson kapitali tor ma’noda — bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda uning turmush sifatidir.
Keng ma’nodagi inson kapitali — bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi, intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. Ular inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’minlashi kerak.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investitsiya kiritib, imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalarning samaradorligi sarf qilingan mablag‘1aming mehnat unumdorligi ortishi va ish haqi ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi.
Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy boylikning barcha uslublari nazarda tutiladi. Bu T. ShuIs’2 fıkriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi33.
Inson kapitali konsepsiyasiga to‘liqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va inson kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning bu ikki turi muayyan darajada, ayniqsa kelajakda foyda
" Teodor Uilyam ShuJs ( Theodore William Schultz, 1902—yil 30-aprel, Arlington —1998 -yil 26- fevral, Ivanston, AQSh) — ainerikalik iqtisodchi, “rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish muammolari tadqiqotlari uchun” 1979-yilgi Nobel mukofoti laureati. Asosiy asarlari: “Iâhon uchun oziq-ovqat” (“Food for the World”, 1945); “An’anaviy agrar sohasining transformatsiyasi” (“Transforming Traditional Agriculture”, 1964).
“Shultz T. Human Capital, family planning and their etfects on population growth // American Economic Review. -1994. —May P.45.
topgan daromaddan o‘rta ma’lumotga ega xodimlarniki ayriladi. Ta’1imga chiqimlar ham ta’lim olish uchun bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar — o‘qish davrida boy berilgan daromadlardir. Uning hisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 12,0 — 14,0 % miqdorida foyda keltiradi.
Mazkur tadqiqotlaming amaliy ahamiyati shundan iboratki, G. Bekker inson kapitaliga investitsiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSH dagi ko‘pgina firmalarning rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta’lim inuassasalari sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta’1im faoliyatining xususiy sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi darajasidan 10,0 — 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi36.
Jamlanma ishlab chiqarish tarkibida alohida inson kapitali kategoriyasini ajratib ko‘rsatish uni aniqroq tarkibiy tahlil qilish imkonini beradi.
Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  1. Inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlaming sifat xususiyatlari va qobiliyati;

  2. bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyoviylar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi’.


Milliy iqtisodiyot


Insonning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari uchun zarur shart-sharoitlar

Moddiy: Ma’naviy:


tabiiy ne’matlar; sog’liqni saqlash;
daromad; ta’lim;
ovqat; axborot resurslari;
mehnat sharoitlari; madaniy dam olish;
turar joy; jismoniy tarbiya va sport;
atrof muhit: urf-odatlar;
ximatlar; milliy qadriyatlar;
Ijtimoiy himoya


Download 90.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling