Iqtisodiy o’sish sikllari


Download 1.04 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1475956
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy o’sish sikllari

Iqtisodiy o’sish sikllari

Bajardi: Marifov Asilbek

Tekshirdi: To’ychiyeva Nodira

IQTISODIY O’SISH VA MILLIY BOYLIK

Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rstkichlari.

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shar-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarini olib notekis boradi.

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli , uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YAIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’payishida topadi.

Iqtisodiy o’sish bevosita YaIM miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

  • Iqtisodiy o’sish bevosita YaIM miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
  • Shuningdek, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi.
  • Iqtisodiy o’sish murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko’rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida naflilik ( moddiy-ashyoviy ) va qiymat ifodasidagi ko’rsatkichlar farqlanadi.
  • Iqtisodiy o’sishning naflilik ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi,(chunki ular inflatsiya ta’siriga berilmaydi) biroq ularni universal holda qo’llab bo’lmaydi (iqtisodiy o’sish suratlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin).

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling