Iqtisodiy o’sish va uni tavsiflovchi mezonlar


Download 0.49 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1480244
Bog'liq
Presentation (2)

Iqtisodiy o’sish va uni tavsiflovchi mezonlar

Reja:


1. Iqtisodiy o’sish, uning mohiyati va turlari.
2. Iqtisodiy o’sishni tavsiflovchi mezonlar.

Iqtisodiy o’sish, uning mohiyati va turlari.


Iqtisodiy o‘sish- bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya‘ni xayotiy ne‘matlar bo‘lgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishining ko‘payib borishidir.
Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish Yaim ko‘payishini anglatadi . Yaim esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati, agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozor talablariga mos tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi.
Ekstensiv o‘sish- bu mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarish omillarni ta‘sir ettirish yordamida o‘stirishdir.
Intensiv o‘sish- bu mahsulotni texnika, texnologiyalarni takomillashtirish natijasida o‘sishini ta‘minlashdir.

Iqtisodiy o’sishni tavsiflovchi mezonlar.

  • Ishlab chiqarishdagi jismoniy kapital sanalgan mashina – uskunalarning texnikaviy darajasi, ularning yuqori unum bera olishi. Agar mashina – uskunalar qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik tovar va hizmatlar ko‘p yaratiladi.
  • Inson kapitalining sifat darajasi. Inson kapitali bu ishlovchilarning bilim darajasi, ishlash mahorati va tajribasidir. Inson kapitali jismoniy kapitaldan farqliroq moddiy shaklga ega emas, uni ko’z bilan ko‘rib yoki qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, u insonni jismida mujassamlashgan bo‘ladi, inson tirik ekan unda saqlanib qoladi . Bu kapital amalda kishilarning mehnat saviyasida ifoda etiladi. Eng mukammal texnika ham insonniz ish bermaydi, qayerda ish kuchi sifatli bo‘lsa, shu yerda texnida yaxshi natija beradi .
  • Ishlab chiqarishning texnologik usullari. Bu muayyan bozor sharoitida har qanday usullar bilan tovar va xizmatlarni yaratib, ularni o‘z vaqtida bozorga yetkazishni talab qiladi. Тexnologik innovatsiya(yangilanish) qanchalik tez borsa, boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan taqdirda ishlab chiqarish shunchalik tez o‘sadi, chunki mehnat unumdorligi yuksalib, vaqt birligida yaratilgan tovar va xizmatlar ko‘payadi. Milliy iqtisodiyot darajasi texnologik innovatsiyaga to‘gri mutanosiblikda bo‘ladi.
  • Investitsiyalar miqdori tarkibi. Ishlab chiqarish investitsiyasi- bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yuborilgan moddiy va pul mablaglaridir. Iqtisodiy o‘sish investitsiya miqdoriga tugri mutanosiblikda buladi. Biroq, bu investitsiya yangi texnologiyalarga va kerakli sohalarga yuborilganda yuz beradi.
  • Тa‘lim darajasi. Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun moddiy va inson kapitalining mukammalligi bir-biriga mos bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishning texnologik darajasiga ish kuchining sifati mos tushishi kerak, aks holda yangi texnologiyadan unumli foydalanib bo‘lmaydi.
  • Iqtisodiy erkinlik darajasi. Bu bozor kuchlarining erkin amal qilinishi va iqtisodiyotga ta‘sirini bildiradi. Erkinlikning poydevorini xususiy mulk tashkil etadi. Shu bois mulkning daxlsizligini, uning o‘z egasi manfaati yo‘lida ishlatilishini qonunchilik asosida ta‘minlash iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling