Iqtisodiy o'sishda fiskal siyosat tushunchasi tahlili mundarija: Kirish


Download 33.01 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi33.01 Kb.
#1512963
1   2   3   4   5
Bog'liq
IQTISODIY O\'SISHDA FISKAL SIYOSAT TUSHUNCHASI TAHLILI

Mavzuning maqsadi: Fiskal siyosat – aholi bandligini ta’minlash hamda inflyatsiya jarayonlarining oldini olish va bostirishga qaratilgan soliq, davlat xarajatlari, davlat byudjeti sohasidagi davlat siyosati. Bu moliyaviy siyosatning asosiy qismi va ajralmas qismidir iqtisodiy siyosat davlatlar
Mavzuning vazifasi: Iqtisodiy tanazzul davrida hukumat rag'batlantiruvchi byudjet siyosatini olib boradi. U quyidagilarni o'z ichiga oladi: davlat xarajatlarini ko'paytirish yoki soliqlarni kamaytirish yoki bu choralarning kombinatsiyasi. Boshqacha qilib aytganda, agar boshlang'ich nuqta muvozanatli byudjet bo'lsa, moliyaviy siyosat turg'unlik yoki tushkunlik davrida federal byudjet taqchilligiga qarab harakatlanishi kerak.


1. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
Davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz takomillashib borgan. Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi. “Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. Bu davrning moliyasi iqtisodiy tizimning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi. Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir 2 . U jamiyat taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 3 guruhini ajratib ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori va malaka darajasi, mavjud uskunalar soni va sifati, tadbiq etiladigan texnologiya, raqobatning etuklik darajasi, iste’molchining didi va odatlari, turli jadallikdagi mehnatning og‘irligi, nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy daromad hajmini kiritgan. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish. Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”3 . XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish. Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi. Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan; - Kengaytirilgan takror iishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur; - Kapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zinio‘zi tartibga solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur; - Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning etishmasligidandir, shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta’minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur.

Download 33.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling