Iqtisodiy o'sishda fiskal siyosat tushunchasi tahlili mundarija: Kirish
Fiskal siyosat: maqsadlari, vositalari va turlari
Download 33.01 Kb.
|
IQTISODIY O\'SISHDA FISKAL SIYOSAT TUSHUNCHASI TAHLILI
2. Fiskal siyosat: maqsadlari, vositalari va turlari
Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi: 1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat; 2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat. Nediskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi. Ishlab chiqarishning birdaniga va tez o‘sish holatini yumshatish uchun byudjet daromadlar qismining xarajatlar qismiga nisbatan ortiqcha bo‘lishi zarur. Boshqa tomondan yondashilsa, bunday “yumshatish” uchun aksincha, byudjet kamomadi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday ekan, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to‘ldiruvchi hisoblanadi. Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyasiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi: - Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari; - Davlat buyurtma va xaridlari; - Davlat investitsiyalari; - Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish; - Soliqlarni boshqarish. Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, mamlakat milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali tartibga solishi zarur. Kengaytirilgan (Ekspansion) Fiskal Siyosati. Iqtisodiy pasayish yuzaga kelganda fiskal siyosatning kengaytirilgan turidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2-rasmni ko‘raylik, unda invistitsion xarajatlarning keskin pasayishi jami talab egri chizig‘ini AD1 dan AD2 ga chapga o‘tkazadi. (ko‘rsatgich chiziq va pasga ketuvchi chiziqlarni xozircha inobatga olmang). Pasayishning sababi investitsion loyixadan kutilayotgan foyda investitsion xarajatlar va jami talab kamayishi qisqarishi oldida ko‘rinmay qolishidadir. Rasmda yalpi mahsulotning potensial yoki to‘liq bandlikdagi hajmi 510 000 000 000$ deb faraz qiling. Agar narxlar darajasi p1 da noegiluvchan bo‘lsa, u holda chiziqning pastki qismida yalpi taklif egri chizig‘iga aylanadi. Jami talab egri chizig‘i chapga siljib real ichki yalpi maxsulotni 510 000 000 000$ dan 490 000 000 000$ ga qisqartiradi.20 000 000 000$ lik yalpi ichi maxsulotning ortda qolishi yuzaga keladi. Yalpi ichki maxsulotning bunda yotda qolishi ishsizlikdagi o‘sish bilan birga keladi chunki qisqartirilgan maxsulot chiqarish uchun kamroq ishchilar talab etiladi.Bunday holatda iqtisodiyot pasayish fazasida va siklik ishsizlik bilan birga yuzaga keladi. Davlat Harajatlarining Ko‘payishi. Boshqa teng sharoitlarda davlat xarajatlarining o‘sishi, rasmda jami talab egri chizig‘ini AD2 dan AD1 ga o‘nga siljitadi. Negaligini tushunish uchun, davlat quyidagi xarajatlarga, yani 5 000 000 000$ yangi xarajatlarni avto yo‘llar, ta’lim va sog‘liqni saqlashga nisbatan amalga oshirishga turtki berdi, deb faraz qiling. Biz bu 5 000 000 000$ hokimiyat chiqimini AD2 va o‘ngidagi punktir chiziq o‘rtasidagi gorizontal oraliq sifatida ko‘rsatamiz. Xar bir narx darajasi xozir talab etilayotgan real ishlab chiqarish miqdori hokimiyat chiqimlarini rag‘batlantirishdan oldingidan 5 000 000 000$ ko‘proq. Lekin jami talabning boshlang‘ich o‘sishi bu xali oxiri emas. Ko‘paytirish ta’siriga ko‘ra jami talab egri chizig‘i AD1 ga siljiydi, hokimiyat sotib olishlaridagi 5 000 000 000$ o‘sishni ko‘rsatuvchi masofadan oshadi. Bu kattaroq siljish yangi iste’mol chiqimlari keyingi sikllarida chiqimda boshlang‘ich o‘zgarish kuchayishini ko‘paytirish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Agar iqtisodiyot mpc si 75 ga teng bo‘lsa unda oddiy ko‘paytiruvchi 4 ga teng. SHunday qilib jami talab egri chizig‘i 4 marotaba AD2 va siniq chiziq o‘rtasidagi masofada o‘nga siljiydi. Bu aniq jami talab o‘sishi jami taklif segment gorizontal siniq chizig‘i davomida yuzaga keladi, ishlab chiqarishning real ko‘lami to‘liq o‘lchamdagi ko‘paytiruvchi orqali o‘sadi. Real ishlab chiqarish o‘lchami 510 000 000 000$ ga yetib o‘zining iqtisodiy pasayish darajasidan 20 000 000 000$ ga oshgan.Bir vaqtning o‘zida firmalar bandligini pasayishdan oldingi to‘liq bandlik darajasiga o‘stirshi xisobiga ishsizlik kamayadi Kengaytirilgan fiskal siyosat. Kengaytirilgan fiskal siyosat davlat xarajatlati yoki soliqlar pasayishini iqtisodni pasayishdan chiqarish uchun foydalanadi. 75 mpc si iqtisodda hokimiyat chiqimlarining 5 000 000 000$ ga pasayishi yoki 6.67 000 000 000$ soliqlar ko‘payishi bo‘lsa (iste’molda 5 000 000 000$ pasayishni keltirib chiqarib) bu jami talab egri chizig‘ini AD4 dan punktirli chiziqqa siljitadi. Ko‘paytiruv ta’siri keyin egri chiziqni AD3 ga siljitadi.Jami talabdagi umumiy pasayish cho‘ziluvchi inflyasiya talabini tugatadi Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi insoniyat jamiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ming yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurapi qonunlari yoki Qadimgi Xindistonning Manu qonunlari, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarining barchasida boj-xiroj, soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. CHunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr etdimki, raiyatdan mol-hiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yosh mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi” deya soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muxim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan. Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda ham, xarqanday mamlakatda, moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Chunki iqtisodiy subektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi. Bu munosabatlar tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi. Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy aktivlar uning subektlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda – moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati bilan tavsiflanishi; 2. Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; 3. Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi. Moliyaning moxiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash vazifalaridir. 1. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga harakat qiladi. 2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol ustidan nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliya vositasida zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qiladi; 3. Moliyaning taqsimlash vazifasi aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy soliq-byudjet siyosati davlatning moliyaviy resurslaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlarini, moliyalashtirish usullarini va g'aznani to'ldirishning asosiy manbalarini belgilaydi. Ayrim mamlakatlardagi o'ziga xos tarixiy sharoitlarga qarab, bunday siyosat o'ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq, umumiy chora-tadbirlar majmuasi qo'llaniladi. U iqtisodiyotni tartibga solishning bevosita va bilvosita moliyaviy usullarini o'z ichiga oladi. To'g'ridan-to'g'ri usullarga byudjetni tartibga solish usullari kiradi. Davlat byudjeti mablag'lari tomonidan moliyalashtiriladi: kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xarajatlari; samarasiz davlat xarajatlari; infratuzilmani rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va boshqalar; tarkibiy siyosatni amalga oshirish; Davlat bilvosita usullardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy imkoniyatlariga va iste'molchi talabining hajmiga ta'sir qiladi. Bu erda soliq tizimi muhim rol o'ynaydi. Har xil turdagi daromadlar bo'yicha soliq stavkalarini o'zgartirish orqali, ta'minlash soliq imtiyozlari soliqqa tortilmaydigan minimal daromadni kamaytirish va hokazolar orqali davlat iqtisodiy o'sishning, ehtimol, barqarorroq sur'atlariga erishishga va ishlab chiqarishning keskin ko'tarilishi va pasayishiga yo'l qo'ymaslikka intiladi. Tezlashtirilgan amortizatsiya siyosati kapital to'planishini rag'batlantirishning muhim bilvosita usuli hisoblanadi. Mohiyatan, davlat tadbirkorlarni amortizatsiya fondiga sun’iy ravishda qayta taqsimlangan foydaning bir qismini soliq to‘lashdan ozod qiladi. To'g'ridan-to'g'ri va bilvosita moliyaviy usullarni qo'llash xususiyatiga ko'ra, iqtisodiyot davlatning soliq-byudjet siyosatining ikki turini ajratadi. Birinchisi, hukumat ixtiyoriga ko‘ra va uning qarorlari asosida olib boriladigan diskretsion siyosat; ikkinchisi - o'rnatilgan stabilizatorlar siyosati, ya'ni o'z-o'zini tartibga solish rejimida ishlaydigan va qabul qilingan qarorlardan qat'i nazar, o'zlari iqtisodiyotdagi vaziyatning o'zgarishiga javob beradigan mexanizmlar. Davlat soliq-byudjet siyosati yordamida iqtisodiyotning rivojlanishiga, uning barqaror o‘sishiga, narxlar barqarorligiga va mehnatga layoqatli aholining to‘liq bandligiga erishishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday siyosat ishlab chiqarishning qisqarishi va ishsizlikning ortishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarning kuchayishini o‘z vaqtida bashorat qilish va shunga mos ravishda ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Ishlab chiqarishning yaqinlashib kelayotgan pasayishi bilan hukumat jami xarajatlar va investitsiyalar hajmini oshirish uchun davlat xarajatlarini oshiradi va soliqlarni kamaytiradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish va bandlikni oshirishga hissa qo'shadi. Aksincha, inflyatsiya pasayganda, davlat xarajatlari kamayadi va soliqlar oshadi. O'z-ozini tartibga solish printsipi o'rnatilgan stabilizatorlarning markazida, muzlatgichning avtopiloti yoki termostati qurilgan printsipga o'xshaydi. Avtopilot yoqilgan bo'lsa, u havo kemasining yo'nalishini qayta aloqa signallari asosida avtomatik ravishda ushlab turadi. Bunday signallar tufayli belgilangan kursdan har qanday og'ish boshqaruv moslamasi tomonidan tuzatiladi. Iqtisodiy stabilizatorlar xuddi shunday ishlaydi, buning natijasida soliq tushumlarining avtomatik o'zgarishi amalga oshiriladi; ijtimoiy nafaqalar, xususan, ishsizlik uchun to'lovlar; aholiga yordam berishning turli davlat dasturlari va boshqalar. Download 33.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling