Iqtisodiy о‘sishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining о‘rni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy-o-sishini-ta-minlashda-kichik-biznes-va-xususiy-tadbirkorlik-faoliyatining-o-rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA
- Kalit sо‘zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 686 IQTISODIY О‘SISHINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING О‘RNI Shoxistaxon Nomanjanovna Axunova Farg‘ona politexnika instituti ANNOTATSIYA Maqolada О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining о‘rni va iqtisodiy tarmoqlardagi iqtisodiy holatlari chuqur tahlil qilinib, uning milliy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati bayon etilgan. Kalit sо‘zlar: kichik biznes, tadbirkor, ishsizlik, bandlik, iqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy tarmoqlar. THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN ECONOMIC GROWTH ABSTRACT The article deeply analyzes the importance of small business and private entrepreneurship in the economy of the Republic of Uzbekistan, its state of the economy, the author offers suggestions and recommendations for its development in the national economy. Keywords: small business, entrepreneurship, unemployment, employment, economic stability, economic sectors. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yо‘nalishlaridan biridir. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida kо‘p va yirik mablag‘ talab etmaydigan xо‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy beqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni tо‘ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar bozor talabining о‘zgarishiga darhol moslashadi va shu yо‘l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Shuningdek, kichik biznes yangi ish о‘rinlarini yaratishi bilan о‘sib boruvchi ishsizlik muammosini yumshatadi. Bu esa о‘z navbatida respublikamiz aholisining 60% dan ortig‘i qishloq joylarda yashashini hisobga olsak, ushbu sohani rivojlantirish va taraqqiy etishini ta’minlash hozirgi kunda eng muhim dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala ekanligi yorqin namoyon bо‘ladi. Bu borada barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning kо‘lamiga SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling