Iqtisodiy o'sishni prognozlash Ruzibayeva Shaxloxon


Download 271.58 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi271.58 Kb.
#1297565
Bog'liq
Shaxloxon Iqtisodiy o\'sish


Iqtisodiy o'sishni prognozlash
Ruzibayeva Shaxloxon
1.“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining predmeti va ob’ekti
2. Asosiy iqtisodiy bog‘liqliklar
3. Iqtisodiy tahlil va prognozlash
Reja:

Makroiqtisodiy tahlilning predmeti – milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etishidir.

  • Makroiqtisodiy tahlilning predmeti – milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etishidir.
  • Iqtisodiy siyosat – davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlari tizimi.
  • Fanning maqsadi – hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi byudjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgichlarni prognozlashdan iborat.

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining vazifalari:

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining vazifalari:

  • milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganish;
  • mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning jami hajmini hisoblash;
  • inflyasiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini tahlil qilish;
  • valyuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

Asosiy makroiqtisodiy bog‘liqliklar
Makroiqtisodiy tahlil iqtisodiyotning to‘rtta sektorini tahlil qilishga qaratilgan:
real (xususiy)
davlat (byudjet)
pul
tashqi
unda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish amalga oshiriladigan sektor. Real sektorning asosiy sub’ektlari bo‘lib uy xo‘jaliklari va korxonalar hisoblanadi.
iqtisodiyotni moliyaviy xizmatlar bilan ta’minlaydi. Ushbu sektorga asosan moliyaviy vositachilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, - bank tizimi va boshqa moliyaviy muassasalar, shu jumladan fondlar, kredit shirkatlari, pensiya jamg‘armalari va sug‘urta kompaniyalari kiradi.
uning iqtisodiy roli samarali normativ-huquqiy bazani yaratish, muayan ijtimoiy ne’matlarni (masalan, ta’lim, infratuzilma va ijtimoiy himoyalash tizimi) taqdim etish, soliq tizimini nazorat qilish va davlat xarajatlarini boshqarishdan iborat.
iqtisodiyotning norezidentlar bilan barcha operatsiyalarini birlashtiradi.
Real sektor
Pul sektori
Davlat sektori
tashqi sektor
Sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bitimlar quyidagi asosiy makroiqtisodiy hisoblarda qayd etiladi:
milliy hisoblar tizimi
to‘lov balansi
monetar hisoblar
byudjet sektori hisoblari
Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.
1-Rasm. Fanning o‘zlashtirish uslubiyati
  • Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.
  • Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.

Download 271.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling