Iqtisodiy o’sishning ma‘zmuni, turlari va ko’rsatqichlari. Iqtisodiy o’sishning omillari
Chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari
Download 203.17 Kb.
|
Iqtisodiy o\'sish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elastiklik koeffitsientlari
Chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari
Ikkinchi toifadagi xalqaro standart ko’rsatkichlar chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari deb ataladi. Bu yerda «chegaraviy» so’zi qo’shimcha, ustama degan ma’noga ega. Bu ko’rsatkichlar qo’shimcha resurslar yoki omil hisobiga olingan qo’shimcha natija (samara)lar o’rtasidagi o’zaro nisbatga asoslanadi. Demak, ular qo’shimcha omil yoki resurs birligiga nisbatan o’rtacha qancha qo’shimcha natija qo’lga kiritilganini ko’rsatadi. Makroiqtisodiy tahlilda keng qo’llanadigan muhim chegaraviy moyillik ko’rsatkichlaridan ayrimlarini qarab chiqamiz. 1. Chegaraviy iste’molga moyillik koeffitsienti (MRS) pirovard iste’mol uchun qo’shimcha sarflangan daromad (S) qo’shimcha yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qancha foiz tashkil etishini aniqlaydi, ya’ni MRSqS*100/GDP. 2. Chegaraviy jamg’armaga moyillik koeffitsienti (MPS) jamg’arma uchun qo’shimcha sarflanadigan daromad (S) qo’shimcha yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qancha qism (foiz) tashkil etishini ko’rsatadi. 3. Chegaraviy importga moyillik koeffitsienti (MPI) qo’shimcha olingan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qaysi qismi (foizi) qo’shimcha import (I) hissasiga to’g’ri kelishini ko’rsatadi, ya’ni MPIq(I)/ (GDP). Elastiklik koeffitsientlari Elastik so’zi grekcha «elastikos» so’zidan olingan bo’lib, egiluvchanlik, qayishqoqlik, ohista o’zgaruvchanlik degan lug’aviy ma’noga ega. Statistikada bu atama o’zaro aloqador hodisalar dinamikasida namoyon bo’ladigan biri ikkinchisining o’zgarishiga nisbatan egiluvchanligi, qayishqoqligi mazmunida qo’llanadi. Elastiklik koeffitsientlari o’zaro bog’langan hodisalardan biri ikkinchisining o’zgarishiga nisbatan sezgirlik qobiliyatini aniqlaydi. Ular birinchi hodisa bir foizga o’zgarganda ikkinchisi qancha foizga o’zgarishini ko’rsatadi, odatda natijaviy hodisa qo’shimcha o’sish suratini u bilan bog’lanishda qaralayotgan ikkinchi hodisa (umumiy resurs, omil belgi) qo’shimcha o’sish suratiga bo’lishdan hosil bo’ladi. Bunday ko’rsatkichlarga misol qilib quyidagi muhim makroiqtisodiy koeffitsientlarni ko’rsatish mumkin: 1.To’plama talabning iste’mol narxlariga nisbatan elastiklik koeffitsienti iste’mol narxlari bir foizga o’zgarishi natijasida to’plama talab qancha foizga o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. 2. To’plama taklifning ishlab chiqaruvchilar narxlariga nisbatan elastiklik koeffitsienti ishlab chiqaruvchilar narxlari bir foizga o’zgarishi bilan yalpi ichki mahsulot qancha foizga o’zgarishini aniqlaydi. 3. Import uchun talabning daromadga nisbatan elastiklik koeffitsienti import qo’shimcha o’sish suratini milliy daromad qo’shimcha o’sish suratiga nisbatidan vujudga keladi: 4. Soliqlarning o’z asoslariga nisbatan elastiklik koeffitsienti soliqlar o’z asoslari o’zgarishiga nisbatan sezuvchanlik qobiliyatini o’lchaydi. Ular soliqqa tortish asosi 1% o’zgarganda davlat budjetining soliqlardan olgan daromadlari qancha foizga o’zgarishini ko’rsatadi. 5. Eksport taklifining narxlarga nisbatan elastiklik koeffitsienti eksport hajmi eksport baholari o’zgarishiga nisbatan sezuvchanlik qobiliyatini baholash imkoniyatini beradi. Buning uchun real eksport qo’shimcha o’sish surati FOB narxlari o’rtacha darajasining qo’shimcha o’sish suratiga bo’linadi. Download 203.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling