Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omilla
Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar
Download 52.16 Kb.
|
Iqtisodiyot o’sishini taminlashda mehnat bozori va bandlik masalalari
2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillarIqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga, shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi. Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular: tabiiy resurslar soni va sifati; mehnat resurslari soni va sifati; asosiy kapital hajmi; texnologiyalar. Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan keng foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va ΔL/L) va texnika taraqqiyoti natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (ΔA/A) bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y) hisoblash imkonini beradi: ΔY/Y= ΔA/A+ α x ΔK/K+ (1- α) x ΔL/L Bunda α koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- α) - mehnat hissasini ko’rsatadi. Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi. Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi. Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi. Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimtik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi: ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; bozor uslubida xo‘jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish; mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish; ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko‘maklashish; ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o‘zgartirish. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling