Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori


Download 103.66 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2023
Hajmi103.66 Kb.
#1344700
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu


Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori
REJA:
1. Mehnat bozori faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tasniflanishi
2. Qishloq xo‘jaligida bandlik va ishsizlik masalalari. Qishloq xo‘jaligida mehnat bozorini shakllantirish.
3. Mehnat resurslari va uning tarkibi.
    • Mehnat bozori faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tasniflanishi

    • Mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklif uning asosiy tarkibiy qismlaridar. Chunki, mehnat bozori – ishchi kuchining taklifi, unga bo‘lgan talab va ishchi kuchidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
      Ishchi kuchi taklifi – mehnatga qobiliyatli aholining o‘z kasbi, mahorati va boshqa xususiyatlariga mos ravishda ishlashga tayyor ekanligi, ya’ni ish qidirish jarayonidir. Bu aholining demografik va kasb tayyorgarligi xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
      Ishchi kuchiga talab – iqtisodiyot sohalari va korxonalar uchun zarur bo‘lgan ishchi kuchi miqdoridir.

Mehnat bozorida ana shu tarkibiy qismlarni unga ta’sir etuvchi omillar o‘zgartirib turadi va shunga mos holda ish kuchiga bo‘lgan talab va taklif hajmi aniqlanadi.
Bunda esa qo‘shimcha manbalar mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, o‘quvchilar hisoblanadi. Ishga joylashtiruvchi idora va tashkilotlarning faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qo‘shimcha ish kuchining kelishi rag‘batlantiriladi, Shuningdek ishsizlar shaxsiy hisobga olinadi.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklifdan kam bo‘lsa, mehnat bozorida qo‘shimcha ish joy(o‘rin)larini yaratish, ish smenasini ko‘paytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yo‘llaridan foydalanish, shuningdek, boshqa hududlarga ishsizlarning ortiqcha harakatini rag‘batlantirish mexanizm va vositalaridan foydalaniladi. Nihoyat, agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklif bilan teng bo‘lsa, ya’ni ular orasida muvozanat o‘rnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruksiya (qayta jihozlash) va modernizatsiya (yangilash) qilish, ish vaqtidan yo‘qotishni pasaytirish, ishchilarning muntazam malakalarini oshirib borish, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va ish haqini samarali tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mehnat bozorining to‘g‘ri va mukammal shakllanishiga tadbirkorlik korxonalari va iqtisodiyot sohalarining rivojida, shuningdek, mamlakat miqyosidagi taraqqiy etishida muhim o‘ringa ega. Bu esa birinchi navbatda, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar hisoblanadi.

Download 103.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling