Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori


Download 103.66 Kb.
bet4/7
Sana09.04.2023
Hajmi103.66 Kb.
#1344700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Iqtisodiy faol aholi. Bu mehnat qilish yoshidagi aholi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan aholi va ishsizlar sonining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibida band bo‘lganlar, asosan quyidagi guruhlarda bo‘ladi:
  • tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar;
  • uy xo‘jaligida va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar;
  • avlatning barcha mahkamalari, tashkilot va idoralarida band bo‘lganlar. Iqtisodiy faol aholi soni mehnat resurslaridan iqtisodiyotda band bo‘lmagan aholi sonini ayirish orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich mehnat bozori faoliyatida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif hajmini oshiradi hamda muvozanatlashishiga olib keladi.

Iqtisodiy faol aholi tarkibida ish bilan band bo‘lgan fuqarolarga har ikkala jinsning 16 va undan katta yoshdagi shuningdek, 16 yoshdan yoshroq bo‘lgan va ko‘rib chiqilayotgan davrda:
  • pul uchun to‘la yoki to‘la bo‘lmagan ish kuni shartlarida yollanma ishni, shuningdek, daromad keltiradigan boshqa ishni bajarayotgan;

  • - kasallik, ta’til, dam olish kunlari, ish tanlash va shunga o‘xshash boshqa sabablar tufayli vaqtincha ishda bo‘lmaganlar;
  • oilaviy korxonalarda ish haqini olmay bajarayotgan shaxslar kiritiladi.

  • XMT tasnifiga ko‘ra, iqtisodiy faol aholi tarkibiga aholining tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi taklifini ta’minlaydigan qismi kiritiladi. Bu aholi guruhining soniga ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlar kiritiladi. 

Iqtisodiyotda band bo‘lmagan aholi. 
Bu iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, aholining ishchi kuchi qatoriga kirmaydigan qismidir.
Bular: - kunduzgi o‘quv yurtlarida o‘qiydigan o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar va kursantlar;
- qarilik va imtiyozli shartlardagi pensiyani oladiganlar; - uy xo‘jaligi, bolalar va kasal qarindoshlarga qarash bilan band bo‘lgan shaxslar;
- ish qidirmay qo‘ygan, ammo ishlashi mumkin bo‘lgan va ishlashni hohlaydigan shaxslar;
-ishlash zaruriyati yo‘q, ammo ishlashi mumkin bo‘lgan va ishlashni hohlaydigan shaxslar. Unga davlat va ayrim kishilar qaramog‘ida bo‘lgan, hech qayerda ishlamayotgan aholi kiritiladi.

Download 103.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling