Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori


Download 103.66 Kb.
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi103.66 Kb.
#1344700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Mehnat resurslari - mehnat bozorining dinamikasini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, bu jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar majmuasidir. Ularning asosiy qismini mehnat qilish yoshida bo‘lgan aholi tashkil etadi.
Mehnat resurslari quyidagicha hisoblanadi:
MR=MYO-(N+BB)+PO‘
Bu yerda, MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
N – I va II guruh nogironlari yoki mehnatga layoqatsiz aholi;
BB – mehnat qilish yoshida bo‘lib, hech qayerda band bo‘lmagan aholi (uy-ro‘zg‘or va yosh bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullanayotgan ayollar, imtiyozli pensiyaga chiqqanlar va boshqa lar).
PO‘ – ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan pensionerlar va 16 yoshdan kichik o‘smirlar shuni aytish lozimki, respublikamiz aholisi mehnat resurslari bilan ta’minlanishi darajasi jihatidan eng yuqori bo‘lgan mintaqalar qatoriga kiradi.
Respublikamiz mintaqalarida mehnat resurslari mehnatda band bo‘lgan aholi sonini tavsiflaydi va mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining zarur elementini ifodalaydi.
Mehnat resurslarining tarkibi esa mehnat bozori holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi. Uning tarkibi faol va faol bo‘lmagan (nofaol) aholi qismlarga ajratilib o‘rganiladi.
Mehnat resurslari tarkibi
Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ulardan yil davomida to‘liq samarali foydalanish lozim. Ulardan foydalanalinishni bir qancha ko‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin. Bunda eng avvalo, mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsientidan foydalaniladi. U haqiqatda ishlab chiqarishda ishlagan mehnat resurslarining miqdori - (kishilar)ni mehnat resurslarining mavjud bo‘lgan miqdoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Unda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
MR=MRI/MRM
Bunda MRI – haqiqatda ishlagan mehnat resurslari (kishi)
MRM – mavjud bo‘lgan mehnat resurslari;
Mehnatga qobiliyatli kishi (mehnat resurslari) ning bir yilda, bir oyda o‘rtacha ishlab chiqarishda qatnashgan vaqtini aniqlash uchun ishlab chiqarishda jami sarflangan ish vaqtini (kishi kunlari, soatlarda) sarflangan (ishlagan) jami mehnat resurslarining umumiy miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:
MRIV=YoSiv/YoMRi Bunda MRIV – o‘rtacha ishlab chiqarishda qatnashgan vaqt; YoSiv - jami sarflangan ish vaqti, YoMRi - jami mehnat resurslarining umumiy miqdori

Download 103.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling