Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori


Download 103.66 Kb.
bet6/7
Sana09.04.2023
Hajmi103.66 Kb.
#1344700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Ishchi kuchiga talab - agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va iqtisodiyot boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo’jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi.
Ishchi kuchiga taklif - yollanma sharti bilan ishga ega bo’lishdan manfaatdor bo’lgan ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, kelib chiqishi, daromadi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi.
“Mehnat bozori”ning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning tarkibiy qismlarini tadqiqoti mazkur bozorni o’tish davrida bajaradigan asosiy vazifalarini aniqlab beradi:
  • ishchi кuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
  • bozor uslubida xo’jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
  • mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;
  • ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;
  • ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat bozori, ming kishi

Ko‘rsatkichlar

2020

2021

Iqtisodiy faol aholi

14797,4

14980,7

Ish bilan band aholi

13236,4

13538,9

shu jumladan: iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha



Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

3499,2

3414,7

Sanoat

1809,5

1863,2

Qurilish

1305,6

1350,8

Savdo

1405,4

1535,6

Tashish va saqlash

610,5

654,2

Ta'lim

1158,2

1220,5

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar

669,5

650,8

Boshqa turlari

2778,5

2849,1


Download 103.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling