Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi va vazifalari Reja: I kirish
Download 33.64 Kb.
|
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi va vazifalari
Monarxiyami tarannum kiluvchi g‘oyalarning asosiy belgilari quyidagilardan
iborat: 1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida maydonga chiqadi; 2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi; 3) monarx hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinadi; 4) monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir; 5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud; 6) muddatsiz, umrbod boshqaruv; 7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas. Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi. Totalitarizm (lot. Totalitare - butunlik, to‘lalik, mukammallik, Totalis - jami, to‘la) - jamiyat hayotining barcha sohalarini davlat tomonidan to‘la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarini davlat manfaatlariga bo‘ysundirilishini talab qiladigan siyosiy g‘oyalar tizimi va ular asosida shakllanadigan davlat tuzumi. Bu g‘oya tarafdorlari o‘ta markazlashgan hokimiyat tizimi o‘rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish, mamlakatni boshqarishda yakkayu yagona kuch yoki partiyaning hukmronligini ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Jamiyatda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar faoliyati va omma hayoti ustidan to‘la nazoratni o‘rnatish, davlat ichki va tashki siyosatining asosiy yo‘nalishlarini markaziy tashkilot tomonidan belgilab berilishi, davlatga rahbarlik kilishni yakka shaxs qo‘lida to‘plashdek g‘oyalar ustuvor qiladi. Tarixdan ma’lum bo‘lgan fashistik tuzumlar va sobiq Sovet Ittifoqi va uning ittifokdoshlari bunga misol bo‘lishi mumkin. Totalitar boshqaruv tizimidagi davlatda jamiyatning barcha sohalarida muayyan mafkuraning yakkahokimligi mavjud bo‘ladi. Mafkura yakkahokimligi bo‘lgan jamiyatning esa kelajagi yo‘q. Totalitar tuzum erta yoki kech - halokatga uchraydi. Liberalizm (lot: liberalis - erkinlik) - ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot, ijtimoiy siyosiy va mafkuraviy oqim. Liberalizm g‘oyasi, o‘zining ma’nomohiyatiga ko‘ra, murosa falsafasi bo‘lib, volyuntarizm, subyektivizm, dogmatizm, radikalizm va absolyutizmning har qanday ko‘rinishlarini rad qiladi. Shaxs manfaatlari, huquq va erkinliklarining ustuvorligi, umuminsoniy axloqiy qadriyatlar va milliy ma’naviy asoslarga tayanish, g‘oyalar erkinligi tamoyillarining tarixiy taraqqiyotga mos o‘zgarishi, ijtimoiy-siyosiy tizimda keskin ziddiyatga bormaslik - liberalizmga xos xususiyatlardir. Liberalizm uchun bir xil andozadagi, qat’iy belgilab qo‘yilgan axloqiy meyor va qonun-qoidalar mavjud emas. Shuning uchun liberalizm g‘oyasi jamiyat siyosiy tizimini dinamik o‘zgartirishni zo‘ravonliksiz amalga oshiradigan kuch va imkoniyatlarni topishga intilishi bilan xarakterlanadi. Liberalizmning asosiy tamoyili - huquqlar, imtiyozlar, imkoniyatlar tengligi sharoitida hayotning barcha sohalaridagi erkinlikni ta’minlashdir. Liberalizmdagi erkinlik raqobatlashayotgan g‘oyalarning barchasiga rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi. Demak, liberalizm, bir tomondan, insonning huquq va erkinliklari ustuvorligiga, ikkinchi tomondan, jamiyatning ma’naviy-axloqiy meyor va kadriyatlariga asoslanishi bilan o‘zining umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi. Demokratiya - (yun. "demos" - xalq va "kratos" -hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Tarixiy taraqqiyot davomida demokratiya tushunchasi shaklan va mazmunan boyib borgan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmokda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajasiga erishgani yo‘q. Har bir millat va jamiyat, ayni paytda har bir davr o‘z demokratiyasiga ega. Boshqacha aytganda, uni tushunish, talqin etish va amaliyotda qo‘llashda o‘ziga xoslik barcha davrlarga xosdir. Bu o‘ziga xoslik xalqning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, milliy mentaliteta, an’analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri kabi bir kator omillar bilan belgilanadi. Demokratiya asosida qizikish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma’noda demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar kilishga xizmat qiladi. Uning ma’no-mohiyati haqida I.A. Karimov: "Haqiqatdan ham demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati,an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyat-lari hamdir. Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak", - degan edi. Milliy g’oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo’lish xususiyatlari qanday? 4. Milliy g‘oya:1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli; 2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzuintilishlarini ifodalaydi. Xususan, milliy g‘oyaga Prezidentimiz quyidagicha ta'rif beradi: “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmunmohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz”. Mamlakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz yangi jamiyat qurish, mustaqil demokratik taraqqiyot davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi xilma-xil qarashlar shakllanishi mumkin. Bunday sharoitda millat va jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g'ovlar paydo bo‘ladi. Milliy g‘oya mamlakatimizda erkin, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, milliy g‘oyani jamiyatimiz a'zolari ongiga singdirish, milliy g‘oya va “Harakatlar strategiyasi”da ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab berilgan qadriyatlar targ'ibotiga e'tibor qaratish, xalqimizning milliy o‘zligini anglab, mustaqillikni mustahkamlash ishiga kamarbasta bo‘lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, g‘oya, ya'ni maqsad ko‘p hollarda amaliyotdan ilgari yuradi. Avval muayyan g‘oya jamiyat a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so‘ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy faoliyat boshlanadi. Shu jihatdan ham milliy g‘oya o‘zligimizni anglab ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlikni ta'minlashimiz yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlangan quyidagi fikr mazkur yo‘nalishdagi faoliyat uchun asosiy mezondir: “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”. Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir. Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. 5.,,Milliy g’oya : O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday qonuniyatlarini bilasiz? 5.“Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari 2 turga bo‘linadi. 1)umumiy 2)o‘ziga xos qonuniyatlardir. Xulosa Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bo‘lgan ichki zaruriy bog’lanishlar bo‘lib, u jamiyat va mafkuralar (g‘oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog’liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki, g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha erda begona g‘oya asosida bo‘lgan mafkuralar ta’siri uchun sharoit vujudga keladi. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Demak, Milliy g‘oyaning umumiy qonunlari quyidagilardan iborat: 1.Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish yo‘llari ham turli xil. Ya’ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xilligi qonun orqali namoyon bo‘ladi. 2.Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli xil manfaatlar, qarashlar bilan bog’liq holda namoyon bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ezgu g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir. 3.Globallashuv jarayonining milliy g‘oyaga ta’sir etishi ham o‘ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog’liqligini, o‘zaro ta’sirini oshiradi, ma’naviy, g‘oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi. 2. O‘ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat Milliy g‘oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Adabiyotlari ro’yxati Download 33.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling