Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari


Chiqindisiz ishlab chiqarishning iqitisodiy


Download 52.99 Kb.
bet6/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1210442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI

5. Chiqindisiz ishlab chiqarishning iqitisodiy

axamiyati va asosiy yo‘nalishlari


Chiqindisiz ishlab chiqarish tushunchasi xo‘jalik faoliyati uchun ( sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar ) shartli bo‘lib, bu jarayonda tabiat uchun zararli bo‘lgan chiqindilar xosil bo‘lmasligi va atrof – muxitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. U“ ishlab chiqarish– iste’mol ” yopiq tizimini barpo etish maqsadini amalga oshirishga qaratilgan. Lekin mutloq chiqindisiz yopiq tizimni yaratib bo‘lmaydi. Amalda xar qanday ishlab chiqarish turli shakl, miqdor va darajada chiqindili bo‘ladi. Chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish – chiqindilar muammosi yechimini asosiy yo‘nalashidir. Uni ishlab chiqarish, iste’mol, atrof – muxit o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar nuqtai nazaridan quydagicha ko‘rsatish mumkin:

  1. Tiklanadigan tabiiy resurslar.

  2. Tiklanmaydigan tabiiy resurslar.

  3. Iste’mol buyumlari.

  4. Foydalaniladigan chiqindilar.

  5. Foydalanilmaydigan chiqindilar.

Korxonalar darajasida chiqindilarning miqdor ko‘rsatkichlari ular ishlab chiqarayotgan maxsulotlar umumiy miqdorining (xajmining) olinayotgan materiallarga (xomashyoga) nisbati orqali aniqlanadi. Chiqindilar miqdori qancha kam bo‘lsa, ushbu nisbat shuncha yuqori bo‘ladi, atrof – muxit shunch kam ifloslanadi.
Tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish va atrof – muxitni muxofaza qilishning asosiy yo‘nalishi kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqarish va undan unumli foydalanish xisoblanadi.
Kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlar yo‘nalishini buzmasdan ishlashi kerak.
Kam chiqindili va resurslarni tejovchi texnologiyalarni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlariga quydagilar kiradi: barcha ishlab chiqarish jarayonlari eng kam texnologik bosqichlarda amalga oshirilishi kerak, chunki ularning xar birida chiqindilar xosil bo‘ladi va xomashyo isrof bo‘ladi;

  • texnologiya jarayonlar uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa xomashyo va energiyadan eng samarali foydanalishga imkon beradi;

  • xar bir texnologik jixozni quvvati optimal bo‘lishi kerak. Bu eng ko‘p foydali xarakat va eng kam isrofgarchilik koffitsentiga mos keladi; yangi texnologik jixozlarni ishlab chiqishda komp’yuter texnikasiga asoslangan va zararli moddalarni eng kam chiqaradigan optimal texnologik jarayonlarni ta’minlaydigan avtomatik tizimlardan keng foydalanishni nazarda tutishi kerak;

  • turli texnologik jarayonlarda ajralib chiqadigan issiqlikdan oqilona foydalanish va shu asosda energiya resurslari va xomashyoni tejash va atrof – muxitga issiqlik orqali zararli ta’sirni kamaytirish.

Ushbu tafsiyalarga asoslanib, tabiatga zarar yetkazadigan sanoat tarmoqlari uchun kam chiqindili texnologiyani takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash mumkin. Masalan, energetik qattiq yoqilg‘i yoqishning yangi usullaridan ( masalan, qaynab turgan qatlamda ), shuningdek, zararli moddalarni kam chiqaradigan jixozlardan ( masalan, shunday gorelkalarni ) keng foydalanish lozim. Bular xavoga chiqarilayotgan gazlardagi zararli moddalarni kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek, bu tadbirlarga yana quydagilar kiradi: ushbu gazlarni chang, oltingugurt va azot oksidlaridan tozalashning samarali tizimini ishlab chiqish; xosil bo‘lgan kul va shlaklardan qurilish matteriallari ishlab chiqarishda foydalanish va boshqalar.
Maxalliy maxsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo xisoblangan ikkimlanchi resurslardan foydalanishni tartibga solish soxasidagi davlat strotegiyasini belgilashda ularning iqitisodiy baxolash muxim axamiyatiga ega bo‘lgan yo‘nalishlar qatoriga kiradi. Inson o‘zining xilma – xil extiyojlarini ta’minlash jarayonida xosil bo‘ladigan turli chiqindilarni o‘z vaqtida zararsizlantirilmasa va resurs sifatida qayta ishlanmasa, tabiiy muxitga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi va og‘ir ekologik iqitisodiy vaziyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirishning katta ekologik – iqitisodiy samara yerishini amalda isbotladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda biotermik aerob kompostirlash texnologiyasmi bo‘yicha chiqindilarni qayta ishlovchi zavodlar ishlab turibdi. Ularda chiqindilar zararsizlantiradi va qimmatli organik o‘g‘itga ( kompost ) yoki issiqxonalar uchun yoqilg‘iga aylantiriladi. Bundan tashqari, chiqindilardan sanoatda ikkilamchi resurs sifatida foydaniladigan komponentlar ajratib olinadi. Bu zavodlar texnologik va konstruktiv sxemalarning xilma – xilligi bilan bir qatorda chiqindilarni zararsizlantirish siklini uch asosiy operatsiya orqali amalga oshiradigan jixozlarga ega. Bular chiqindilarni qabul qilish va dastlabki tayyorlash uchun jixozlar, biotermik aerob kompostirlash uchun jixozlar, kompostirlarga to‘la ishlov beradigan va omborga joylashtirish jixozlaridan iboradir. Bundan tashqari majmuaviy zavodlarda chiqindilarning dastlabki va tamomila qayta ishlash jarayonida xosil bo‘ladigan kompostirlanmaydigan fraksiyalarini yoqish yoki piroliz ( yuqor xaroratda termik ishlov berish ) qilish xam nazarda tutilgan.


Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling