Resurslar mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Resurslar evaziga korxonalarda moddiy ne’matlar yaratiladi. Insoniyatning farovon yashashini ta’minlash maqsadida uning iqtimoiy ehtiyojlarini qondirib turuvchi ne’matlarni yaratish uchun sarflanadigan resurslardan samarali foydalanish zarur.
Resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish uchun ularni zamonaviy innovatsion texnologiyalar orqali ishlab chiqarishni hamda xizmat ko‘rsatishni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, resurslardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishda fan-texnika taraqqiyotidan keng foydalanish zamon talabidir.
Mavjud resurslardan oqilona foydalanish bugungi bozor talabi va iqtisodchi olimlarning ko‘p yillik tahlillaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan eng muhim mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki, har bir moddiy ne’mat yaratuvchi korxona uchun ma’lum turdagi resurslarni talab etadi. Hozirgi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani boshqa asrlarda iste’mol qilingan resurslardan ko‘ra ko‘p qismni tashkil etgan.
Shundan kelib chiqib quyidagi takliflarni berish mumkin:
resurslardan samarali foydalanish uchun har bir xo‘jalik yurituvchi shaxslar resurslarni qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
ikkilamchi resurslarni zamonaviy texnika vositalari orqali ishlov berish bilan, ularni sifat nuqtai nazardan yahshilash;
fan-texnika taraqqiyotidan keng foydalanish;
suv, yer, elektr-energiya, gaz va boshqa shunga o‘xshash resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun iqtisodiy rivojlangan davlatlar bilan tajriba almashish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Alekseev L. M. Materialnыe resursы - ratsionalnoe
ispolzovanie i ekonomiya. M.: Ekonomika, 1995
Baybulatova. Vtorichnoe sыre — effektivnыy rezerv materialnыx resursov, 1989.
Zabrodina V.V. Finansovыe metodы kontrolya za soblyudeniem rejima ekonomiki. M.: Finansы, 1977.
O‘zbekiston Iktisodiy axboroti. 1999. №1-12
Soliev A., Buzrukxonov S. Marketing. Darslik. - T.: “Iqtisodmoliya”, 2010.
https://stat.uz/uz/
http://www.lex.uz/
http://ziyonet.uz/
https://stat.uz/
http://www.iqtisodiyot.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |