Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqarishda vositalar va cheklovlar 14e22-guruh talabasi
Download 4.01 Kb.
|
Iqtisodiy siyos-WPS Office
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqarishda vositalar va cheklovlar14e22-guruh talabasiAbdusamiyeva SevinchningIqtisodiy siyosatga kirish fanidan bajargan slaydiIqtisodiy siyosatni ishlab chiquvchi vositalar va cheklovlar Reja:1.Iqtisodiy o’sish va ularning turlari 2. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari Iqtisodiy o'sishning ikkita asosiy turi mavjud: ekstensiv intensiv Ekstensiv iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarish omillarining sifat jihatidan oʻzgarmasligi bilan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining sof miqdoriy oʻsishi tushuniladi. Iqtisodiy o'sishning ekstensiv omillariga band bo'lgan ishchilar sonining ko'payishi; iste'mol qilinadigan xomashyo va materiallar, yoqilg'i hajmining o'sishi; texnologiyaning hozirgi darajasini saqlab qolgan holda investitsiyalarni oshirish kiradi Ushbu turdagi ishlab chiqarish cheklangan ishlab chiqarish resurslarini yengib o'tishga olib keladi, texnologik jarayonni rag'batlantiradi. Intensiv iqtisodiy o‘sish omillari: fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish (birinchi navbatda, asosiy fondlarni yangilash hisobiga yangi texnologiyani joriy etish); asosiy va aylanma mablag'lardan foydalanishni takomillashtirish; xodimlarning malakasini oshirish; ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirishdan iborat. Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Iqtisodiy sikl fazalari Inqiroz Turgʻunlik Jonlanish Yuksalish Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi Download 4.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling