Iqtisodiy o‘sish yangi tovarlar ishlab chiqarishni va umumjahon ishlab chiqarishizanjirida yuqoriga qarab ilgarilashni taqozo etadi - Murojaatnomada ko‘tarilgan yana bir muhim masala - kelgusi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash. Prezidentning Murojaatnomasini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati sharhladi.
- Murojaatnomada oldinga surilgan yana bir muhim masala – mamlakatimizda kelgusi yillarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash hisoblanadi. Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek, iqtisodiy o‘sish doimiy ravishda yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va umumjahon ishlab chiqarish zanjirida yuqoriga qarab ilgarilashni taqozo etadi.
- Shu ma’noda, Prezidentimiz o‘z murojaatida chuqur tadqiqot asosida aniqlangan va barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal sohalar iqtisodiyotimizning “drayverlari”ga aylanishi uchun 2021-yilda qanday ishlar qilinishi kerakligini haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Xususan: - Xususan:
- Yuqoridagi sohalarda jami qiymati 23 mlrd dollarga teng bo‘lgan investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 226 ta yirik sanoat va infratuzilma ob’yektlari ishga tushirilishi; - Investitsiya siyosatida davlat ishtiroki pasaytirilib, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushi oshirilishi; - Keyingi yilning 1 apreliga qadar istiqbolli klasterlar ro‘yxati aniqlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishi; - “Bojxona hududida qayta ishlash rejimi”da sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirilishi; - Geologiya sohasida 50 ta kon va istiqbolli maydonlar auksionlar orqali investorlarga sotilishim qayd etildi. Bu borada Prezidentimiz o‘z murojaatlarida Garvard universtiteti tadqiqoti haqida to‘xtalib o‘tdilar. Mazkur tadqiqot Xausman va Idalgoning “Iqtisodiy murakkablik” nazariyasi asosida o‘tkazilib, turli davlatlardagi ishlab chiqarish modellari tahlil qilingan holda har bir davlat uchun “Iqtisodiy murakkablik indeksi” yaratilgan. Shu bilan birga, mazkur tadqiqot asosida har bir davlat uchun ham ishlab chiqarish imkoniyati, ham kelgusidagi iqtisodiy samarasi yuqoriligi nuqtai nazardan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi tovarlar ro‘yxati shakllantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |