Iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Kapital xarajatlar schyoti


Download 69.45 Kb.
bet15/18
Sana16.03.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1279275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI

Kapital xarajatlar schyoti. Bu schyotda mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari o’rtasida kapital xarajatlarning manbalari va ularning qanday kapital xarajatlar turlariga ishlatilishi jarayonlari yozib boriladi.
Mamlakat miqyosida kapital xarajatlar schyotining umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:
Mamlakat miqyosida kapital xarajatlar schyoti

Ishlatilishi

Resurslar

3.Asosiy kapitalning yalpi yig’ilmasi

1. Yalpi milliy jamg’arma

4.Moddiy aylanma mablag’lar zaxirasining

2. Sof kapital transfertlar (2.1+2.2)

o’zgarishi
5.Sotib olingan qimmatbaho buyumlar sof miqdori
(chet eldan olingani- sotilgani)

2.1. Kapital transfertlar (chet eldan olingani +)

6.Sof olingan er va boshqa aktivlar (chet eldan olingani-sotilgani)

2.2. Kapital transfertlar (chet elga berilgani -)

V. Kapital xarajatlar, hammasi

A. Kapital resurslar, hammasi

7.Sof kreditlash, agarda (A-V)>0
Sof qarzlar, agarda (A-V)<0


Mamlakat miqyosida kapital qo’yilmalar hajmini tiklash va ko’paytirishning asosiy manbaasi iqtisodiyot birliklarining yalpi jamg’armasi va chet eldan olingan sof kapital transfertlardan iborat. Odatda, barcha rezident birliklarning yalpi jamg’armalari yig’indisi Yalpi milliy jamg’arma(YAMJ), deb ataladi. Bu ko’rsatkich sof usulda (ACI alohida hisoblangan bo’lsa) Sof milliy jamg’arma(SMJ), deb ataladi. SMJning musbat bo’lishi mamlakatda o’z kapitalini ko’paytirishga yoki chet elga investitsiyalar kiritish uchun mablag’lari borligini (sof investor bo’lishi mumkinligini) bildiradi. Oxirgi fikr, ushbu schyotning saldo ko’rsatkichida (sof kreditlar shaklida) nomoyon bo’ladi.
Agarda SMJ manfiy ishora bilan chiqsa, mamlakatda o’z kapitalini tiklashga o’z mablag’larining etishmasligini yoki chet eldan sof qarzdor bo’lishi mumkinligini bildiradi. Bu holatni schyotning tuzilish sxemasida yaqqol ko’rish mumkin.

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling