25. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi.
79-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi.
(79-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli Qonuniga asosan 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 9-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |