Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko’rib chiqiladi? 25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Download 80.42 Kb.
|
жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28. FHDY organlarining vazifa va funksiyalari
27.FHDY normativ-huquqiy hijjatlari.
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qarori Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qaroriga FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH ORGANLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 28. FHDY organlarining vazifa va funksiyalari 8. FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir. FHDY arxivlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chirma, nusxa va boshqa ma’lumotnomalar berish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir. 9. FHDY organlari ularga yuklatilgan vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritadi; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritadi; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi; fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar beradi; Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ish yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarining yozma so‘rovnomalariga binoan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan ko‘chirmalar va ma’lumotnomalar beradi; zarur hollarda mudofaa ishlari bo‘limlari, sog‘liqni saqlash organlari, bandlikka ko‘maklashish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va boshqa vakolatli idoralarning so‘rovlariga asosan yig‘ish, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadlarida dalolatnoma yozuvlaridan alohida ma’lumotlar beradi; qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash, sarflashning hisobini yuritadi va bu haqda belgilangan muddatlarda hisobotlar topshiradi; belgilangan shakllar bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritadi; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining elektron ma’lumotlar bazasini yuritadi; murojaatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rib chiqadi; oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boradi. 10. FHDY bo‘limlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari: fuqarolik holati dalolatnomalari (tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim)ni qayd etadi, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish harakatlarini amalga oshiradi; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklaydi va bekor qiladi; shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari)ning o‘limni qayd etishdagi ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy yordam ko‘rsatadi, gerbli guvohnomalarning talab darajada saqlanishi va sarflanishi choralarini ko‘radi; nikohni, shu jumladan nikoh uylarida va tug‘ilganlikni tantanali ravishda qayd etadi (fuqarolarning xohishiga ko‘ra); Oldingi tahrirga qarang. (10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son) 11. FHDY arxivlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari FHDY bo‘limlarining xabarnomalariga asosan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalariga tegishli o‘zgartirish va belgilar kiritadi hamda ularni bekor qiladi. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, uning ikkinchi nusxasiga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritadi.
FHDY organlari xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini arxivdagi mavjud hujjatlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi; (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son) O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxasi saqlanayotgan Toshkent shahar hududiy boshqarmasining FHDY arxivi dalolatnoma yozuvlarga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritadi. 12. FHDY organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni manfaatdor tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi.
Download 80.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling