Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko’rib chiqiladi? 25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi


-modda. Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi


Download 80.42 Kb.
bet28/30
Sana02.01.2022
Hajmi80.42 Kb.
#194635
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
жавоб

10. 4-modda. Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo‘yicha amal qilishi

Fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.

Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
11.Jinoiy jazo - jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi bilan qoʻllaniladi. J. j.ning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va JKda koʻrsatilmagan boshqa birorta chora J. j. chorasi hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan J. j.ning turi va ogʻirlik darajasi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga bogʻliqdir. J. j.ning boshqa majburlov choralaridan farqi uning davlat nomidan sud tomonidan tayinlanishi, jazolash (maʼnaviy, moddiy, jismoniy cheklash) darajasining ancha yuqori boʻlishi, mahkumning huquq va erkinliklari qonunda belgilangan tartibda jiddiy cheklanishidadir. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, J. j. choralari quyidagilardan iborat: jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, oʻlim jazosi, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum etish


Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling