Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko’rib chiqiladi? 25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi


-modda. Tug‘ilishni qayd etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar


Download 80.42 Kb.
bet25/30
Sana02.01.2022
Hajmi80.42 Kb.
#194635
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
жавоб

206-modda. Tug‘ilishni qayd etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2089, 23.03.2010-y.).
32.Topoib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug’ulishini belgilash?

28. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.



Oldingi tahrirga qarang.

29. Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi ariza bilan bir paytda:

ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati to‘g‘risida bola topib olingan vaqtda tuzilgan dalolatnomasi;

tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotnomasi (xulosasi) taqdim etilishi zarur.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida sanab o‘tilgan organlarning ko‘rsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.

Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish bola joylashgan tibbiyot muassasasi yohud bola joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organi arizasiga muvofiq, bolaning onasi tomonidan tashlab ketilganidan 7 kun o‘tmasdan amalga oshiriladi. Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish uchun ariza bilan bir paytda:

tug‘ruq bo‘lib o‘tgan yoki tug‘ruqdan keyin ona murojaat qilgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tug‘ilganlik haqida belgilangan shakldagi hujjat;

bola joylashgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan bolani tashlab ketish to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilishi zarur.

Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ota-ona to‘g‘risidagi ma’lumotlar tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga yuqorida ko‘rsatilgan organlarning ko‘rsatmasiga binoan kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.



(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)


Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling