Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday ishlar ko’rib chiqiladi? 25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi


-modda. Mulkdorning huquqlarini еgalik qilishdan


Download 80.42 Kb.
bet27/30
Sana02.01.2022
Hajmi80.42 Kb.
#194635
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
жавоб

7. 231-modda. Mulkdorning huquqlarini еgalik qilishdan

mahrum еtish bilan bog`liq bo`lmagan

huquqbuzarliklardan himoya qilish (negator da’vo)

Mulkdor o`z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish еgalik qilishdan mahrum еtish bilan bog`liq bo`lmasa ham, bartaraf еtishni talab qilishi mumkin (negator da’vo).


8. 212-modda. O`zboshimchalik bilan

imorat qurish va uning oqibatlari

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o`zga ko`chmas mulk o`zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

O`zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf еtishga - sotishga, hadya еtishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli еmas.

O`zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim, ushbu moddaning to`rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo`lgan, unga umrbod meros sifatida еgalik qilayotgan, doimiy еgalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan е’tirof еtilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi е’tirof еtilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.

Basharti, o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo`lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog`lig`iga xavf tug`dirsa, o`zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi е’tirof еtilishi mumkin еmas.


9.Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. S. koʻp asrlik tarixga ega. S muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida S. fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.

Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling