Iqtisodiy tadqiqotda sotsialistik yoʻnalish (XIX asr)


Download 17.67 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.67 Kb.
#1537054


Iqtisodiy tadqiqotda sotsialistik yoʻnalish (XIX asr)
Sotsializm (lotincha: socialis — „ijtimoiy“) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar...
Sotsializm bir qator iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni o'z ichiga olgan siyosiy falsafiy harakat bo'lib xususiy mulkdan farqli ravishda ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik bilan tavsiflanadi.U atama sifatida bunday tizimlarni amalga oshirish bilan bog'liq iqtisodiy , siyosiy va ijtimoiy nazariyalar va harakatlarni tavsiflaydi. Sotsializmning har xil turlari bozorlar va resurslarni taqsimlashda rejalashtirishning roli, tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmasi va pastdan yoki yuqoridan yondashuvlarga qarab farqlanadi, ba'zi sotsialistlar partiya, davlat yoki texnokratik partiyani yo'qlaydi.
Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.
Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi.
K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan.
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asrning 20-yillarining oxiri — 30-yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan „kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish“ mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi.


XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi.
Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sotsializm tushunchasining paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi.
Download 17.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling