Iqtisodiy tadqiqotlarda sotsialistik yo`nalish


Download 1.13 Mb.
bet3/7
Sana15.09.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1678991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyot mustaqil ish

XX asrning ikkinchi yarmida mehnat sohalaridagi yuksalish tufayli boshqaruv muammalari yanada murakkablashdi. Korporatsiyalarning bozorni o‘zgaruvchanligi, iqtisodning u mumiy holatiga bog‘liqligi darajasi keskin ravishda oshib ketdi. Bularning hammasi sotsial ziddiyatlarning keskinlashuvini keltirib chiqardi va tadqiqotchi olimlar oldiga mehnat resurelarini boshqarishlikni yangi yo‘nalishlarini izlab topish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi. Ushbu shart-sharoitlar ob'ektiv ravishda iqtisodiy sotsiologiyaning vujudga kelishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Boshqa bir tomondan esa bu fanning paydo bo‘lishiga ham iqtisod, ham sotsiologiya fanlarining taraqqiyoti yetarli darajada asos yaratdi. Ishchilarning qadriyatli orientirlari, motivlari va xulq-atvorlari faqatgina iqdisoddagi o‘zgarishlar ta'siri osgida emas yakka madaniy muhit tufayli ham shakllanadi. Asrimizning 60-yillarida rivojlangan G’arb davlatlarida iqtisod fanining ijtimoiylashuv tendensiyasi yanada kuchaydi va natijada iqtisodiy sotsiologiyaning imkoniyatlari ham ortib bordi. Shu bilan birgalikda nazariya sotsiologiyada shunday sotsiologik tushuncha va kategoriyalar ishlab chiqildiki, ular iqtisodiy sotsiologiyaning kategorial apparatining shakllanishiga asos bo‘ldi Bu kategorial apparat iqtisodchi sotsiologlarga iqtisoddagi mavjud va hali ham o‘rganilmagan sotsial aloqalarni tadqiq qilishliklariga keng yo‘l ochib berdi.

Shu bilan bir qatorda muassasalar, ishlab chiqarish jamoalari, kasblar, bandlik, stratifikatsiya, boshqaruv va boshqa muhim masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyadagi maxsus yo‘nalishlar ham rivojlanib bordi. G’arb iqtisodiy sotsiologiyani aniq chegaralar asosida rivojlanayotgan yagona ilmiy yo‘nalish sifatida emas, balki jamiyat, yoxud alohida davlat taraqqiyotining u yoki bu davrdagi dolzarb muammolarni o‘rganadigan o‘ziga xos bir ilmiy harakatdir. Ushbu harakat «Iqtisod va jamiyat» nomiga sazovor bo‘ldi. Amerikalik sotsiolog Dj. Smelzer o‘zining «Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi» maqolasida shunday zo‘r tayassurot qoldiradigan manzarani chizib berdiki, unda iqtisodiy sotsiologiya «yo‘rgak»dagi xolatida qanday ulg‘ayganligi va iqtisodiy turmushning borgan sari yangi tomonlarini qamrab olishligi juda ta'sirli qilib tasvirlangan. Iqtisodiy sotsiologiyaning darg‘alari va bu yo‘nalishda o‘z tadqiqotlarini olib borayotgan olimlar va bu fan uchun nazariy asoslar yetishmayotganligini e’tirof etmoqdalar. Ma'lumki G‘arbda e'tibor amaliy tadqiqotlarga ko‘proq. qaratiladi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling