Iqtisodiy tahli va statistika


Download 0.53 Mb.
bet1/9
Sana11.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1189791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu kurs ishi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

"Iqtisodiy tahli va statistika" kafedrasi


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanidan

Mavzu: Yalpi talab - yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili



KURS ISHI

Bajardi: Elnazarov O.


Tekshirdi: Oltayev Sh

S amarqand – 2021


Yalpi talab - yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili


Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar
2. Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar
3. AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni, makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun ushbu ishda makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingani ko’rib chiqiladi va uning makroiqtisodiy asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmuni tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishi bayon etiladi.
Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, Tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqariladigan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investetsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli – tumandir. Lekin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling