Iqtisodiy tahli va statistika


-chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Download 0.53 Mb.
bet8/9
Sana11.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1189791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu kurs ishi

8-chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 8-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni inflyatsiya ro’y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yerning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.

Xulosa

Yalpi talab — bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlaming muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin boMgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bevosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalasa, Yalpi talab egri chizig'i mamlakatdagi narxlaming turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo'lgan talab hajmi o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi.
Yalpi taklif - bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlaming har xil mumkin bo'lgan o'rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko'rsatadi.
Yalpi taklifga, eng awalo, narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o'rtasidagi nisabtning o'zgarishi ta’sir ko'rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo'shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag'bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasida to'g'ridan- to'g'ri yoki bevosita bog'liqlik mavjud bo'ladi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko'rsatadi: a) resurslar narxining o'zgarishi; b) samaradorlikning o'zgarishi; v) huquqiy me’yorlarning o'zgarishi.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondoshuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog'liq emas; narxlar darajasiga bevosita bog’liq; yalpi taklifning o'sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o'zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig'i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar.
Yalpi talabning o ‘sishi yalpi taklifga turlicha ta ’sir qiladi: taklif egri chizig'ining keynscha kesmasida taklif aynan o ‘sha miqdorga ortadi, oraliq kesmada — narxlar darajasining o'sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa — yalpi taklifda o'zgarish bo'lmaydi, chunki barcha resurslar jalb etilgan bo'ladi, lekin narxlar darajasi keskin o'sadi.
Yalpi talab egri chizig'i va yalpi taklif egri chizig'i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta ’minlab turiladi. Biroq yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o'zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling