Iqtisоdiy tahlil ishlarini tashkil etish bоsqichlari va ularni tasnifi


Download 21.44 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi21.44 Kb.
#1207508
  1   2   3
Bog'liq
9-Variant tahlil


Variant – 9



  1. Iqtisоdiy tahlil ishlarini tashkil etish bоsqichlari va ularni tasnifi.

Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni 
o’z ichiga oladi:
1) tahlil obyekti va predmetini tanlash va rejasini (dasturini) tuzish;
2) tahlil uchun zarur bo'lgan hisobot m ateriallarini у ig'ish;
3) ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va taqqoslash holatiga keltirish;
4) ko'rsatkichlarni taqqoslash, tahlil qilish, natijalarini baholash, o'zgarish sabablarini aniqlash va omillar ta’sirini hisoblash;
5) tahlil natijalarini um um lashtirish, xulosa va takliflar berish.
Tahlilning obyekti va predm etini tanlash va rejasini tuzish bosqichi xo'ja­
lik nomi, tahlil mavzusi, o'tkazish m uddatlari, ijrochilari, tahlil vazifalarini 
qam rab oladi.
Tahlilning ikkinchi bosqichi tahlil uchun zarur bo'lgan m a’lum otlarni 
yig'ish, ularni o'zaro bog'liqligini, haqqoniyligini tekshirib ko'rish jarayon- 
larini o'z ichiga oladi.
Tahlilning uchinchi bosqichida ko'rsatkichlarni tanlash, qayta ishlash, 
ular orasidagi bog'liqlikni belgilash, tahliliy jadvallar tuzish, m a’lum otlar 
bazasini taqqoslash holatiga keltirish vazifasi bajariladi.
Tahlilning to'rtinchi bosqichida ko'rsatkichlarni taqqoslash va tahlil qilish 
asosida xo'jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. 
Biznes rejaning bajarilishi o'rganiladi. Ko'rsatkichlar dinamikasi tahlil 
etiladi. Erishilgan natijalar, ularning o'zgarish sabablari, om illarning ta’sir 
etish doiralari hajmi tahlil qilinadi. Tahlilning yakuniy bosqichida tahlilning natijalari um um lashtirilgan 
holda rasmiylashtiriladi, ta k lif va tavsiyalar beriladi. Tahlil yakuni qisqa, 
lo'nda, tushunarli tarzda bayonnoma, m a’lum otnom a shaklida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim yakuniy bosqichi 
bo'lib hisoblanadi. Ushbu bosqichda tahlil natijalari um umlashtirilgan holda 
rasmiylashtiriladi. Tahlil natijalarini um um lashtirishda o'zaro ta’sir va uslubiy 
ketma-ketlik asosida korxona biznes-rejasining bajarilishi, moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslari hamda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish darajasiga baho beriladi. Xo'jalik faoliyatida yo‘l qo'yilgan kamchiliklar va ularning 
sabablari, ichki imkoniyatlar va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish maqsadida foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar beriladi.
Umumlashgan tahliliy ma’lumotlar korxona faoliyatini rivojlantirish, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, istiqbolIi reja topshiriqlarini 
belgilashning zaruriy asosi sifatida alohida bayonnoma va izohlar tarzidagi 
qisqa, lo'nda va tushunarli qilib yoritilishi lozim.



  1. Mahsulоt sifatining tahlili. Sifatiga ta’sir etuvchi оmillar tahlili.



Ma’lumki, mahsulot sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar mahsulot yoki 
xizmatga bo’lgan talablardan va iste’molchilarning talablaridan iborat bo’ladi. 
Shundan kelib chiqib sifatni boshqarish kompleks tizimi ushbu talablarni sifat 
faoliyati natijasini va uni nazorat qilish jarayonini ta’minlash zarur. 
Albatta o’tish joizki, boshqarish usullari va uslublari ming yillar davomida 
shakllanib va rivojlanib kelmoqda. Respublikamizda mustaqillik yillarida 
mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimining yangi tizimi yaratilmoqda. 
Sifatni nazorat qilish zaruriyati ob’ektni boshqarish-mahsulot sifatini boshqarish-
mahsulot sifatini ishlab chiqish, foydalanish yoki iste’mol qilishdan yetarli 
daromadni saqlab turish, mahsulot sifatini maqsadli ta’sir etuvchi sharoit va 
omillarni doimiy ravishda nazorat iborat bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: 
- Mahsulot sifatini nazorat qilish; 
- Mahsulot sifatini baholash; 
- Mahsulot sifatini boshqarish va unga tzimli yondashish bosqichlari; 
- Davlatning vazifasi sifatida mahsuloti va unga ta’sir etuvchi omillar davlat 
standartlari bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlash. 
Har qanday boshqarish uslubi asosida sifatni etxnik nazorat qilish va uni 
tashkil etish turadi. 
Korxonada asosiy vazifani boshqarishning muhim bo’g’inlaridan biri 
bo’lgan texnik nazorat bo’limi bajaradi (TNB).
Sifat muommosining murakkabligi korxonaning sifat xizmatini tashkil 
barcha bo’limlarini birlashtirish maqsadga muvofiq. Faqta shu asosda sifatni 
rag’batlantirish va tahlil qilishini ta’minlash mumkin.
Sifatni nazorat qilish vazifasini amalga oshirishda o’lchov vositalaridan, 
electron va kompyuter qurilmalaridan faqat to’g’ri foydalanibgini qolmay, balki 
ularning holatini nazorat qilib borish zarurdir.
Bundan tashqari kadralrni o’qitish va malaksini oshirish dasturlarini ishlab chiqish o’z navbatida sifatni oshirish malakalarini samarali hal etish, xodimlarni rag’batlantirish va motivlashtirishni ta’minlash kerak.



  1. Balans aktiv mоddalarining tahlili.


Download 21.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling