Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Download 372.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana01.12.2021
Hajmi372.79 Kb.
#178448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 боб

bosqichlarida atalgan nomlari 

 

Iqtisodiy  tahlilning  vujudga  kelish  tarixini  ko‘z  oldimizga  yaqqol-



roq  keltirish  uchun  bu  sohaga  bag‘ishlangan  adabiyotlarni  xronologik 

jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 

  Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzumlarni o‘z 

boshidan  o‘tkazdi.  Jumladan,  jamiyat  taraqqiyotida  sotsialistik  tuzum 

vujudga  kelgandan  so‘ng  tahlil  fani  rejali  iqtisodiyotga  asoslangan 

Balansshunoslik 

Balans talqini 

Balansni tahlil qilish 

Hisobot tahlili 

Iqtisodiy tahlil 

Sotsial-iqtisodiy tahlil 

Xo‘jalik faoliyati tahlili  

Iqtisodiy tahlil 

Моliyaviy va boshqaruv tahlili 



 

11

ko‘rsatkichlarni  va  buxgalteriya  balansidagi  moddalarni  batafsilroq 



o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirolmadi. 

Sobiq  ittifoqda  1920-yillarga  kelib,  ittifoq  iqtisodchi  olimlaridan 

R.N.Xudyakov  «Aнaлиз  бaлanсa»  va  «Пoпулярний  oчeрки  бaлaн-

сoвeдeния»  asarlarini,  N.A.  Kiparisov  «Oснoви  бaлaнсoвeдeния»  va 

«Растрoение бaлaнсoв и aнaлиз» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda, 

asosan,  iqtisodiy  tahlil  bir  yoqlama  bo‘lib,  faqat  buxgalteriya  balansi 

moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan. 

O‘ttizinchi yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya boshladi. Tahlil 

qilish  uchun  faqat  buxgalteriya  balansi  moddalari  emas,  balki  xo‘jalik 

faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada 

tematik  tahlil  vujudga  keldi  va  ba’zi  mavzularga  bag‘ishlangan  adabi-

yotlar  nashrdan  chiqa  boshladi.  Bunga  misol  qilib,  N.Ye.Kolosovning 

«Ocнoви  экoнoмичeскoгo  aнaлизa  сeбeстoимoсти  в  прeдприятияx» 

(1931-yil),  A.R.Aleksandrovskiyning  «Кaлкульяция  и  aнaлиз  рaбoти 

пpeдприятий»  (1932-yil),  A.F.Masanovning  «Бaлaнс  и  aнaлиз 

xoзяйствeнной дeятeлнoсти пpeдпpиятий» (1934-yil), A.A.Afanasev-

ning «Aнaлиз oтчeтa пpoмышлeнних прeдпpиятий» (1938-yil) kitob-

larini keltirishimiz mumkin. 

1940-yillarga  kelib,  sobiq  ittifoqda  «Xo‘jalik  faoliyatini  tahlil 

qilish»  fani  fan  sifatida  to‘liq  shakllandi,  ushbu  fan  bo‘yicha  darsliklar 

yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.  

60-70  yillardan  boshlab  esa  iqtisodiyot  tarmoqlari  bo‘yicha  tahlil 

fani  ixtisoslashib  bordi  va  tahlil  fanining  bir  qancha  turlari  vujudga 

keldi.  Iqtisodiy  tahlil  fanining  nazariyasi  ustida  ham  ko‘p  ishlar  olib 

borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 

80-yillarning  xususiyati  shundaki,  bu  davrda  iqtisodiy  tahlil 

fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga kela 

boshladi.  Jumladan,  Moskvada  M.I.Bakanov  va  A.D.Sheremet 

rahbarligidagi  maktab  bular,  «Teoрия  экoнoмичeскoгo  aнaлизa» 

kitobini  1987-1990,  1995-1997  yillarda  qayta  nashrdan  chiqardilar. 

Minsk  olimlaridan  V.V.Osmolovskiy,  V.I.Strajev,  L.I.Kravchenko, 

N.A.Rusaklar  hamkorlikda  1989-yilda  «Teoрия  aнaлизa  xoзяйствeн-

ной дeятeлнoсти» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan I.I.Karakoz va 

V.I.Samborskiy  hamkorligida  1989-yilda  «Teoрия  экoнoмичeскoгo 

aнализа»  degan  darslik  yaratdilar.  O‘zbekistonlik  olimlardan 

I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, M.M.To‘laxo‘jayeva, A.T.Ibragimov, 

A.Shoalimovlar  hamkorlikda  tahlil  fanining  o‘zbek  maktabini  yarati-



 

12

lishiga  asos  soldilar.  Endilikda  barcha  MDH  davlatlarida  «Iqtisodiy 



tahlil»  mustaqil  fan  sifatida  oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘qitilib  kelinmoqda. 

Bu  albatta  korxonalar  faoliyatini  boshqarishda,  uning  moliyaviy 

barqarorligini  va  raqobatbardoshliligini  ta’minlashda  eng  muhim 

tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 




Download 372.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling