O‘zbekiston Resrublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlar-
da rivojlanishi lozim:
· raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini moliyaviy va boshqaruv
jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim;
· hozirgi vaqtda respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan
bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu
sohaga mos rivojlanishi lozim;
· O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgalteriya
hisobining jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa
xalqaro andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham
yaratishni taqozo etadi;
· bu fanning nazariyasini o‘zimizda shakllanayotgan bozor
iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim;
· O‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan obyektiv
zaruriyatga aylandi, ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi
yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va
metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim;
· olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyot-
ning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalar yaratishlari
lozim;
27
· iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli
ahamiyat berilishi va davlat ta’lim standartlariga hamda o‘quv rejalariga
kiritish lozim.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi mustaqil davlatimizning mus-
taqil fani – iqtisodiy tahlilning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu
fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti
sharoiti har xil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni,
tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |