Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari
Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus
Download 372.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 боб
Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus
bilim beradi: · Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealar rivojlanishini, o‘zgarishini obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish; · O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish; · Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘r- satish va hisoblash; · Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riq- larini ko‘rsata olish; · Ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash yo‘nalishlarini belgilash; Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jara- yon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki, aksincha o‘rganiladi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga oli-
31 nadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarining iqtisodiy faoliya- tini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi. Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘ja- lik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risidagi real ahvol buxgalteriya hisobi yorda- mida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar piro- vard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tah- lil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoli- yatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta mu- him hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondo- shilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, bosh- qaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayot- gan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi. Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan
32 foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi. Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan, biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondoshishni keltirib chiqaradi, chunki, uning o‘ziga xos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud. Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalala- rini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi. Fikrimizni umumlash- tirib, shu narsalarni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir. Uning yordamida: a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi; b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni tanlaydi; d) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Download 372.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling