Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


 Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari


Download 372.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana01.12.2021
Hajmi372.79 Kb.
#178448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
1 боб

1.5.  Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari 

 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalarni  boshqarishda  iqtisodiy 



tahlilning  roli  keskin  oshmoqda,  chunki,  boshqaruv  tizimida  oldingi 

ma’muriy-buyruqbozlik  tizimidan  voz  kechilib,  yangi,  erkin  iqtisodiy 

mexanizmlar  orqali  boshqarish  tizimi  shakllanmoqda.  Sobiq  ittifoq 

davrida  tahlil,  asosan,  reja  ko‘rsatkichlarini  asoslashga,  uning  bajarili-

shini ta’minlashga qaratilgan edi. Endilikda esa har bir xo‘jalik subyekti, 

mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni 

bajarishga  qaratmasdan,  balki,  mustaqil  ravishda  o‘zining  iqtisodiy 

qudratini  takomillashtirish  maqsadida  erkin  boshqarishga  qaratadi.  Bu 

esa,  o‘z  navbatida,  iqtisodiy  tahlilning  rolini  yanada  oshiradi.  Iqtisodiy 

tahlil  orqali  har  bir  subyektda  mavjud  bo‘lgan  ichki  va  tashqi  imkoni-

yatlar  aniqlanadi,  ularni  amaliyotga  safarbar  qilish  chora-tadbirlari 

ishlab chiqiladi. 

Har  bir  fanning  vazifasi  iqtisodiy  shart-sharoitga  qarab  belgilanib 

boriladi,  lekin  u  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  to‘liq  va  keng  hal  etish 

uchun qator uslublarni qo‘llaydi. 


Download 372.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling