Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalar  faoliyatini  tahlil


Download 372.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana01.12.2021
Hajmi372.79 Kb.
#178448
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
1 боб

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalar  faoliyatini  tahlil 

etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:  

·  o‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to‘g‘ri va xolisona baho berish; 

·  korxonaning biznes-rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan 

ta’minlash; 

·  tuzilgan biznes-rejalarning to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho 

berish; 



 

37

·  har  bir  yo‘nalishga  ta’sir  etuvchi  omillarni  aniqlash,  ularning 



ta’sirini  hisoblash  va  shu  omillarni  ishning  samaradorligini  oshirishga 

safarbar qilish; 

·  biznes-rejaning  bajarilishi  natijasida  korxonaning  moliyaviy 

barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har 

bir xo‘jalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud 

ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish; 

·  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  boyliklardan  samarali  va  oqilona 

foydalanganlikka baho berish; 

·  korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to‘lovga 

qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni 

qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish; 

·  xo‘jalik  hisobi  tamoyillariga,  tijorat  hisob-kitoblariga  amal 

qilishlikni muntazam tekshirib turish; 

·  korxonalarda  mavjud  bo‘lgan  samaradorlikni  oshirish  yo‘lida 

ularning imkoniyatlarini aniqlash; 

·  korxonaning  tijorat  sirini  saqlagan  holda  uning  moliyaviy  ah-

volini  keng  jamoatchilikka  ko‘rsata  bilish  va  tashqi  investorlarni 

korxona faoliyatini yaxshilashga jalb etish; 

·  korxonani  boshqarishning  eng  qulay  va  nafli  usullarini  ishlab 

chiqish,  ilg‘or  g‘oya  va  tajribalarni  o‘rganilayotgan  hodisaga  qo‘llash 

yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbayini yetkazib 

berish; 


·  eng  to‘g‘ri  va  oqilona,  kelgusida  ish  yuritish  va  korxonalarni 

boshqarish bo‘yicha xulosalar berish; 

·  korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish 

uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; 

·  rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda 

korxonalarga  bog‘liq  bo‘lgan  va  bog‘liq  bo‘lmagan  omillar  va 

sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash; 

·  korxonalarning  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida  erishishi  mumkin 

bo‘lgan natijalarni oldindan aniqlash; 

·  korxonalarni  rivojlantirishga  asos  bo‘ladigan  innovatsion 

g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash; 

·  korxonaning  istiqbolli  rejalarini  tuzish  uchun  iqtisodiy  

ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; 

·  qabul  qilingan  boshqaruv  qarorlarini  maqbulligini  o‘rganish 

(boshqaruvning iyerarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha). 



 

38

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  «Iqtisodiy  tahlil»ning  vazifasi  ushbu 



yuqorida  ta’kidlangan  vazifalar  bilan  cheklanmaydi.  Bozor  sharoitida 

korxonalar  faoliyati  shu  darajada  serqirraki,  tahlil  jarayonida  uning 

hamma  jihatlarini  o‘rganish  lozim  bo‘ladi.  Shu  sababli  ham,  iqtisodiy 

tahlilning  vazifasi  ham  ko‘p  qirralidir.  Biz  esa  shu  kabi  vazifalarning 

ayrimlarini  sanab  o‘tdik  xolos.  Ko‘rinib  turibdiki,  iqtisodiy  tahlilning 

vazifasi  bozor  munosabatlari  shakllanayotgan  bugungi  sharoitda  ham, 

kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi 

uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

 

 


Download 372.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling