Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari
Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir
Download 372.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 боб
Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir:
1. Buxgalteriya hisobi va audit. 2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish. 3. Mikro va makroiqtisod. 4. Rejalashtirish (biznes-reja tuzish).
41 5. Statistika va informatika. 6. Moliya, bank, soliq masalalariga taalluqli fanlar bilan. 7. Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari fani bilan. 8. Huquqiy fanlar bilan. 9. Tabiiy fanlar va hokazolar. Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asos- langan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllanti- rilgan ma’lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi. Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi so- hasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat budjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ularni to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ularni sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, birja va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatni iqtisodiy tahlil qilish ularning o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tah- lil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dastur- lanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi. Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita bog‘langan. Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish yuqori tashkilotlarning bilvosita vazifasi bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydi ham- da ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladi.
Download 372.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling