- Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan OIiy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'Iovlarni belgilaydi, DavIat byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi.
- Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi.
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Hisob palatasi moIiyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hajmi va maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlari daromadiar va xarajatiari o'z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
- davlat mablag'larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Hisob palatasi moIiyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta'sir ko'rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko'zda tutadigan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy tahlil qilish;
- Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijalari to'g'risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma'lumotlarni taqdim etish.
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi.
- Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- Davlat byudjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta'minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |