- Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular Mdini qayta taqsimlashda asosiy instrumentdir. Moliya tizimining bu bo'g'ini orqali mamlakat MDining 40 foizgacha bo'lgan qismi qayta taqsimlanadi.
- Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo'lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham ko'proq qismi shakllantiriladi.
2.Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi - Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlardagi moliya tizimining ikkinchi bo'g'inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a'zolarining moliyasi va federatsiya a'zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo'lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
Moliyaviy boshqaruv 1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati - DavIat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni sog'lomlashtirishga qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni yo‘lga qo'yishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruv zimmasiga yuklatilgan.
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati - Moliyaviy boshqaruvning metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
- pirovard maqsadga bog'liqlik;
- xo'jalikdagi barcha tarmoqlarning makroiqtisodiy muvozanatda bo'lishi;
- jamiyatdagi barcha a'zolarning manfaatlariga mos kelish;
- iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
- real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari - Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |